Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Vitaliy Levchenko: “CHempionlik uchun kurash qiziqarli kechyapti”

Vitaliy Levchenko: “CHempionlik uchun kurash qiziqarli kechyapti”

Baho:
+ | -

Superliganing 13-turidan o‘rin olgan “Neftchi” – “Navbahor” (0:0) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar bosh murabbiyi Vitaliy Levchenko qatnashib, jurnalistlarning savollariga javob berdi. Quyida “yo‘lbarslar” ustozining o‘yin haqidagi fikrlari e’tiboringizga havola etiladi.

— Bugungi derbi o‘z nomiga yarasha qiziqarli va keskin tarzda o‘tdi. Namangandan ham ancha muxlislar tashrif buyurishdi. Jamoamiz ishqibozlari ham stadionni to‘ldirishdi. Uchrashuv ham shunga yarasha qiziqarli bo‘ldi, faqatgina gollar yetishmadi.

Umar Adhamzoda qulay imkoniyatdan foydalana olmadi. Bu kabi vaziyatlar ko‘p, bizning kamchiligimiz ham shu. Imkoniyatlardan foydalanishda oqsayapmiz.

Chempionlik uchun kurash qiziqarli kechyapti. Jamoalarning saviyasi avvalgidan yuqori. Mana, “Navbahor” ham bugun chempionlik kurashida. Oldida OCHL saralash uchrashuvlari turibdi. Namanganliklarga omad tilayman. Ular chempionlik kurashida ham yaxshi imkoniyatga egalar. Yana bir asosiy nomzod – “Paxtakor” bugun so‘nggi daqiqalarda g‘alaba qozondi. Bu ham hozirgi chempionatimiz ancha kuchayganini bildiradi. Oson raqib va oson o‘yin yo‘q.

Murabbiy sifatida doimiy ravishda stadionimizda bugungidek muxlislar to‘lishini istayman. Albatta, biz ham bunga harakat qilamiz.

Jamoada raqobat bor va bu bizni xursand qilmoqda. Barchada jismoniy toliqish bor va bu tabiiy jarayon. Muhimi, bizda har kim istalgan vaqt maydonga tushib o‘yinni kuchaytira oladi. Raqobat bo‘lishi muhim jarayon.

“Navbahor” matbuot xizmati.

Manba: www.pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 05:10, 26.06.2023.
O'qildi: 1601 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик