Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/03 01:00 Bavariya 4-1 Atalanta
19/03 01:00 Liverpul 4-0 Galatasaroy
19/03 01:00 Tottenhem 3-2 Atletiko
19/03 16:00 Andijon 2-0 Mash’al
19/03 18:15 Buxoro 3-1 Dinamo
20/03 16:00 Neftchi - Lokomotiv
20/03 17:00 Nasaf - Surxon
20/03 18:15 So‘g‘diyona - Paxtakor
20/03 22:30 Kalyari - Napoli
21/03 00:45 Jenoa - Udineze
21/03 01:00 Bornmut - Man. Yunayted
21/03 01:00 Vilyarreal - Real Sosyedad
21/03 17:30 Brayton - Liverpul
21/03 18:00 Elche - Malyorka
21/03 19:00 Parma - Cremonese
21/03 20:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
21/03 20:00 Fulhem - Byornli
21/03 20:15 Espanyol - Xetafe
21/03 22:00 Milan - Torino
21/03 22:30 Everton - Chelsi
21/03 22:30 Levante - Real Ovyedo
21/03 22:30 Osasuna - Jirona

Saudiya Arabistoni U17 bosh murabbiyi: «O‘zbekistonning o‘yin uslubini yaxshi bilamiz»

Saudiya Arabistoni U17 bosh murabbiyi: «O‘zbekistonning o‘yin uslubini yaxshi bilamiz»

Baho:
+ | -

Saudiya Arabistoni o‘smirlar terma jamoasi bosh murabbiyi Abdulvahob Nosir al-Harbiy U17 Osiyo kubogi chorak final bosqichi doirasida bo‘lib o‘tadigan O‘zbekistonga qarshi o‘yin oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Guruh bosqichida dastlabki 2 ta o‘yinda g‘alaba qozonib, chorak final yo‘llanmasini hal qilib olganimizdan keyin uchinchi turdi tarkib borasida rotasiya qilish imkoniyatiga ega bo‘ldik.

Ba’zi o‘yinchilarga dam berib, qolganlarga o‘yin amaliyoti berganimizdan keyin butun jamoada o‘ziga bo‘lgan ishonch oshdi. Boisi, qaysidir futbolchining o‘yini o‘xshamasa, boshqasi uning o‘rnini bemalol to‘ldira olishi mumkin.

Bu futbolchilar borasida uzoq maqsadli rejalarimiz bor. Gap faqat U17 jahon chempionatida emas, biz keyingi yosh toifasidagi jamoalarimiz uchun iqtidorli futbolchilarni topishni va tarbiyalashni maqsad qilganmiz.

Biz O‘zbekistonga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazganmiz. Ularning o‘yin uslubini bilamiz. Ammo unutmaslik kerakki, ular ham bizning uslubimizni biladi. Uchrashuvdan uchrashuvga o‘yinimiz yaxshilanib boryapti. Ammo hali o‘zimizning eng yuqori cho‘qqimizga chiqmadik. Ijobiy natijaga erishishga harakat qilamiz", — dedi saudiyalik murabbiy.

Eslatib o‘tamiz, Saudiya Arabistoni va O‘zbekiston U17 terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yi bugun Toshkent vaqti bilan 19:00da start oladi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 11:37, 26.06.2023.
O'qildi: 3613 marta.
Fikrlar: 13 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.