Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

G‘oya/ishtiyoqmi yoki pul?

G‘oya/ishtiyoqmi yoki pul?

Baho:
+ | -

26 yoshida «Inter» prezidentiga aylangan xitoylik Stiven Chjan «Manchester Siti»ga qarshi kechgan Yevropa Chempionlar Ligasi finali oldidan o‘tkir fikrlari bilan e’tibor markaziga tushdi.

«Ochig‘i, finalni faqat orzu qilardim, xolos. Milliy ligalar o‘rtasidagi daraja va farqni inobatga olib, CHL finaliga chiqishning iloji yo‘qligini o‘ylaganim ham rost. Lekin bilamanki, futbol hamisha quvnoq va unda pul har doim ham g‘alaba qozonmasligi mumkin. Oddiy aytganda, futbolda pul o‘rnini g‘oya, ehtiros, ishtiyoq va e’tibor bilan bosish imkoni bor. Ertaga shu fikrim tasdiqlanishidan umidvorman. Oxirgi kunlar CHLda g‘alaba qozonish qanday bo‘lishi haqida ko‘p o‘yladim. Oldin buni xayolimga ham keltirmagan ekanman. Bugunning haqiqati shuki, hozir finaldamiz va sovrin yutishga harakat qilamiz, albatta. Jamoamiz birdam. Inzagi aytganidek, hech qanday qo‘rquv yo‘q. O‘zimizga mutlaqo ishonamiz», - degandi Stiven Chjan.

Istanbul finali tafsilotlari hammaga ma’lum: Chjan aytganidek, «Inter» dahshatli raqib oldida esankirab qolmadi, aksincha, ba’zi jihatlar bo‘yicha ustun ko‘rindi ham. Lekin tajriba/mahorat yakunda g‘oya/ishtiyoq ustidan g‘alaba qozondi. Agar «Inter» vaziyatlardan foydalanganida va «shalpangquloq» kubokni o‘z tomoniga og‘dirganidami, Stiven Chjan trendga chiqardi, shubhasiz. Aniqrog‘i, uning pul va g‘oya/ishtiyoq haqidagi xulosasi. Amalda taqdir bu safar «Siti» misolida tajriba va qisman mablag‘ «boshini siladi». Shunday bo‘lsada, «Inter»ning xitoylik prezidentini olqishlash kerak. Zero, u o‘z jamoasiga yaqqol favorit sanalgan raqibga qarshi o‘yin oldidan zarur motivasiya bera oldi.

STIVEN CHJAN

  • 2018 yili 26 yoshida «Inter» prezidenti lavozimida ish boshladi. U klub tarixidagi eng yosh prezidentdir
  • Stiven Chjan - «Inter» sohibi Chjan Szindunning o‘g‘li
  • Stiven Chjan - iqtisodchi. U oliy ta’limni AQSHda oldi
  • Stiven Chjan «Inter» prezidenti sifatidagi ishini qarz masalasini yechish bilan boshladi va birinchi kundayoq muammoni hal qildi
  • 2019 yili «Inter» tashkiloti bahosi 41 foiz oshib, 692 million yevroga yetdi. Bu butun Yevropadagi klublar uchun eng yuqori o‘sish sur’atidir
  • Stiven Chjan «Inter» rahbari rolidagi faoliyati davomida Romelu Lukaku, Diyego Godin, Kristian Eriksen, Aleksis Sanches, Arturo Vidal, Hoqon Chalxanoglu, Lautaro Martines, Ashraf Hakimi, Genrix Mxitaryan va Edin Jeko kabi yulduzlar bilan shartnoma tuzdi
  • Stiven Chjan «Inter» sport direktori lavozimiga mashhur Juzeppe Morattani jalb etdi

«Inter» Stiven Chjan davrida 2020 yili YEL finalida o‘ynadi, 2021 yili «A» seriya g‘olibiga aylandi, 2022 va 2023 yillar Italiya superkubogini yutdi, 2022 yili Italiya kubogiga ega chiqdi, 2023 yili esa CHL finalida o‘ynadi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 13:09, 26.06.2023.
O'qildi: 1854 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.