Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/05 00:00 Tottenhem 0-2 Manchester Siti
15/05 00:30 Real Madrid 5-0 Alaves
15/05 01:00 Jirona 0-1 Vilyarreal
15/05 22:30 Sevilya 0-1 Kadis
15/05 22:30 Rayo Valyekano 2-1 Granada
15/05 23:45 Brayton 1-2 Chelsi
16/05 00:00 Man. Yunayted 3-2 Nyukasl
16/05 00:00 Reyms 1-0 Marsel
16/05 00:00 Nissa 1-2 PSJ
16/05 01:00 Selta 2-1 Atletik Bilbao
16/05 01:00 Xetafe 0-3 Atletiko
16/05 22:30 Las-Palmas - Betis
17/05 00:30 Almeriya - Barselona
17/05 01:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 23:45 Fiorentina - Napoli

Ishonib bo‘lmaydigan futbol faktlari(1-qism)

Ishonib bo‘lmaydigan futbol faktlari(1-qism)

Baho:
+ | -

Ba’zi futbol faktlari shunchalik hayratlanarliki, ularga ishonib bo‘lmaydi. Ular shunchaki sizning qarashlaringizni o‘zgartirib yuborishi mumkin. Ko‘pchilik bu faktlarni soxta deb bilishadi, ammo bu haqiqat. Keling, hayratlanarli faktllar bilan tanishib chiqishni boshlaymiz.

Ingliz murabbiyi hech qachon Premyer-ligada g‘alaba qozona olmagan

Angliya chempionatining oliy divizioni Premyer-liga deb nomlana boshlaganidan beri (1992/1993 yilgi mavsumdan beri) bu turnirda hech bir ingliz murabbiyi g‘alaba qozonmagan. Shotland Aleks Fergyusonda 13ta, ispaniyalik Xosep Gvardiolada 5ta, fransiyalik Arsen Venger va portugaliyalik Joze Mourinyoda uchtadan g‘alaba bor. Ulardan tashqari italiyaliklar Karlo Anchelotti, Roberto Manchini, Klaudio Raneri va Antonio Konte, shotlandiyalik Kenni Dalglish, chililik Manuyel Pellegrini va germaniyalik Yurgen Klopp bir martadan chempionlikni qo‘lga kiritgan.

Koman professional faoliyatidan ko‘proq marta chempionlikka ega

"Bavariya" vingeri Kingsli Koman faoliyatining har bir mavsumida oltin medallarni qo‘lga kiritdi. U allaqachon 12 ta chempionlikka ega avvaliga “PSJ” bilan ikkita, keyin "Yuventus" bilan ikkita va "Bavariya" bilan sakkiz marta chempion bo‘lgan. Shu bilan birga, Koman 11 yildan buyon professional darajada o‘ynamoqda.

Bergomi to‘rtta jahon chempionatida saralash bosqichida birorta ham o‘yin o‘tkazmasdan ishtirok etgan

Juzeppe Bergomi to‘rtta jahon chempionatida ishtirok etgan va Italiya terma jamoasi bilan 1982 yilgi jahon chempionatida g‘olib chiqqan. Shunga qaramay, u saralash bosqichida birorta ham o‘yin o‘tkazmagan! 1982 yilda himoyachi turnir boshlanishiga to‘g‘ri kelgan vaqtda "Skuadra Adzurra"ga kirdi, Italiya 1986 yilgi jahon chempionatiga jahon chempioni sifatida tanlanmay bordi va 1990 yilgi Jahon chempionatiga mezbon sifatida yo‘l oldi. 1998 yilda Bergomi yetti yildan so‘ng to‘satdan milliy terma jamoaga qaytarildi.

Mourinyo 9 yil davomida uy stadionida mag‘lub bo‘lmagan

Joze Mourinyo faoliyatining boshida ajoyib seriyaga ega edi. Uning jamoalari to‘qqiz yil - 2002 yildan 2011 yilgacha milliy chempionatlarda o‘z uylarida mag‘lub bo‘lishmadi. Ushbu seriya "Real Madrid"da "Sporting Xixon"ga qarshi o‘yinda (0:1) to‘xtatildi.

Xyuz bir kunda ikkita o‘yin o‘tkazgan

1987 yilda Mark Xyuz bir necha soat ichida ikki xil davlatda ikkita rasmiy o‘yin o‘tkazdi. Kunning ikkinchi yarmida uyelslik futbolchi Yevro saralash bosqichi doirasidagi UYEls va Chexoslovakiya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yinda ishtirok etdi. Final hushtagi chalinganidan so‘ng u tezda aeroportga yo‘l oldi va kechqurun Germaniya kubogi o‘yinining ikkinchi bo‘limiga yo‘l oldi, unda uning "Bavariya" Myunxengladbaxning "Borussiya"si bilan o‘ynagan.

Lineker faoliyati birorta ham ogohlantirish olmagan

Sobiq angliyalik futbolchi va hozirda mashhur teleekspert Gari Lineker butun faoliyatini kartochkalarsiz o‘tkazdi. Hujumchi turli turnirlarda 400 dan ortiq o‘yin o‘tkazgan bo‘lsa-da, birorta ham ogohlantirish yoki chetlatilgani yo‘q.

Ronaldu Chempionlar Ligasidagi dastlabki 26 uchrashuvda birorta ham gol ura olmagan

Krishtianu Ronaldu 140 ta gol bilan Chempionlar ligasi tarixidagi eng yaxshi to‘purar hisoblanadi. Eng hayratlanarlisi shundaki, u "Manchester Yunayted" futbolchisi sifatida Chempionlar Ligasidagi ilk 26 uchrashuvida birorta ham gol urmagan! Portugaliyalik hujumchiga asosiy yevrokubokdagi gollar seriyasini ochish uchun to‘rt mavsum kerak bo‘ldi.

Neymar Yevropaga ko‘chib o‘tmaguncha ham “Oltin to‘p”ga da’vogarlar 10 taligida edi

2011 yilda Lionel Messi “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritgan, Neymar esa kuchli o‘ntalikka kirgan. Braziliyalik Yevropada o‘ynamay turib 19 yoshida bu natijaga erishgan edi. Neymar 2013 yilda "Barselona"ga o‘tgan. Shunga qaramay, u so‘rovnomada 1,12% ovoz oldi. O‘sha yili "Santos" Libertadores kubogida g‘olib chiqdi va klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida ishtirok etdi.

Pike Chempionlar ligasida Azardan ko‘proq gol urgan

Eden Azar "Real"dagi to‘rt mavsumi bilan faxrlana olmaydi. Ha, Chempionlar ligasidagi statistikasi bilan ham. Belgiyalik vinger Chempionlar ligasining 61 o‘yinida atigi 10 ta gol urgan bo‘lsa, “Barselona” markaziy himoyachisi Jerar Pike Chempionlar ligasidagi faoliyatida 16 ta gol (128 ta o‘yin) urgan.

Kiritildi: 16:19, 26.06.2023.
O'qildi: 3659 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.