Kirish Ro'yxatdan o'tish

Messi - "Oltin to‘p" uchun asosiy da’vogar

Messi - "Oltin to‘p" uchun asosiy da’vogar

Baho:
+ | -

Goal nashri 2023 yilgi “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritish favoritlarining yangilangan reytingini e’lon qildi.

Asosiy da’vogar 2022/23 yilgi mavsumni “PSJ” safida o‘tkazgan argentinalik hujumchi Lionel Messi bo‘lib qoldi. Jamoa bilan birgalikda u Fransiya chempioni, terma jamoa bilan esa jahon chempioni bo‘ldi. Ikkinchi o‘rinni 2022/23 yilgi mavsumda trebl qayd etgan (APL, Angliya kubogi va Chempionlar ligasi) “Manchester Siti” hujumchisi Erling Xoland saqlab qoldi.

Top-5likka, shuningdek, "PSJ" hujumchisi Kilian Mbappe, "Real" vingeri Vinisius Junior va "Manchester Siti" yarim himoyachisi Kevin De Bryuyne ham kirdi.

2023 yilgi “Oltin to‘p” uchun eng yaxshi 10 ta da’vogar:

1. Lionel Messi («Inter Mayami»)
2. Erling Xolann («Manchester Siti»)
3. Kilian Mbappe («PSJ»)
4. Vinisius Junior («Real»)
5. Kevin De Breyne («Manchester Siti»)
6. Rodri («Manchester Siti»)
7. Ilkay Gyundogan («Barselona»)
8. Viktor Osimxen («Napoli»)
9. Robert Levandovski («Barselona»)
10. Xulian Alvares («Manchester Siti»)

Kiritildi: 20:23, 26.06.2023.
O'qildi: 2689 marta.
Fikrlar: 10 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.