Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

O‘zbekiston U17 terma jamoasi Saudiya Arabistonini mag‘lub etib, JCH yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston U17 terma jamoasi Saudiya Arabistonini mag‘lub etib, JCH yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi

Baho:
+1 | -

Tailandda o‘tkazilayotgan o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida chorak final bahslari yakuniga yetib, yarim finalchilar nomi ma’lum bo‘ldi. Chorak final bosqichining so‘nggi o‘yini Saudiya Arabistoni va O‘zbekiston U17 terma jamoalari o‘rtasida kechdi.

O‘yinning dastlabki daqiqalarida yigitlarimiz 2ta xavfli vaziyatni yuzaga keltirishdi. Dastlab Mirzayev qanotdan belgilangan jarima zarbasini bevosita darvoza tomon yo‘lladi. Raqib posboni to‘sin ostiga kirayotgan to‘pni yuqoriga urib yubordi. Oradan ko‘p o‘tmasdan futbolchilarimiz  to‘p bilan saudiyaliklar jarima maydoniga kirib borishdi. Vakillarimizdan biri yaqin masofadan darvozaga aniq zarba bera olmadi — to‘p ustun yonidan o‘tib ketdi.

Bahsning 18-daqiqasida esa Saudiya oddiy vaziyatda penalti ishlashga muvaffaq bo‘ldi. Himoyachimiz Ozod O‘ktamov shart bo‘lmagan joyda jarima maydonimiz ichida raqib futbolchisini ortdan itarib yiqitdi. Darvozabonimiz Muhammadyusuf Sobirov raqib hujumchisi Navof al-Bishriy tomonidan yo‘llangan penaltini qaytarib, qahramonlik namoyish etdi. Posbonimiz birinchi bo‘limda saudiyaliklarning yana bir hujumini bartaraf etdi.

Bizning hujumchimiz Shodiyor Shodiboyevda ikkita yaxshi imkoniyat bo‘ldi — u ikki marta raqib darvozaboni bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqdi. Birinchi bo‘limdagi vaziyatda himoyachi zarba yo‘liga g‘ov bo‘lgan bo‘lsa, ikkinchi bo‘lim boshida Shodiyor zarba berguncha himoyachilar undan to‘pni o‘g‘irlab ketishdi.

O‘yinning so‘nggi daqiqalari esa Jamoliddin Rahmatullayev shogirdlari uchun omadli keldi. Dastlab 78-daqiqada Ollabergan Karimov Laziz Mirzayev bilan "devor" o‘ynab qanotdan jarima maydoniga kirdi. U so‘nggi chiziq yonida darvoza oldiga uzatma berayotganida to‘p saudiyalik posboni Mahmud al-Burayhning oyog‘iga tegib, to‘rga borib tushdi.

Uchrashuvning 84-daqiqasida esa O‘zbekiston burchakdan to‘pni o‘yinga kiritdi. Amirbek Saidov bosh bilan to‘p yo‘nalishini o‘zgartirdi. Himoyachimiz Dilshod Abdullayev esa oyog‘i to‘pni darvozaga burib yubordi — 0:2.

O‘smirlarimiz so‘nggi daqiqalarad ishonchli harakat qilib, raqibning xavfli vaziyat yaratishiga imkon berishmadi.

Shu tariqa, O‘zbekiston U17 terma jamoasi Indoneziyada o‘tadigan jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. O‘smirlarimiz Osiyo kubogining yarim final bahsini 29 iyun kuni Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

U17 Osiyo kubogi. Chorak final
SAUDIYA ARABISTONI - O‘ZBEKISTON - 0:2 (0:1)
Gollar: Mahmud al-Burayh (78-avtogol), Dilshod Abdullayev (84)
O‘zbekiston: 21.Muhammadyusuf Sobirov, 5.Azizbek To‘lqinbekov, 6.Ozod O‘ktamov, 7.Laziz Mirzayev (S), 8.Behruz Shukurullayev, 13.Behruz Jumatov, 14.SHodiyor Shodiboyev, 16.Muhammadali Raimov, 17.Ollabergan Karimov, 19.SHerzod Abdulboriyev, 23.Dilshod Abdullayev

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 21:09, 26.06.2023.
O'qildi: 6480 marta.
Fikrlar: 38 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.