Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/03 16:00 Neftchi 3-1 Lokomotiv
20/03 17:00 Nasaf 0-1 Surxon
20/03 18:15 So‘g‘diyona 2-4 Paxtakor
20/03 22:30 Kalyari 0-1 Napoli
21/03 00:45 Jenoa 0-2 Udineze
21/03 01:00 Bornmut 2-2 Man. Yunayted
21/03 01:00 Vilyarreal 3-1 Real Sosyedad
21/03 17:45 Brayton 2-1 Liverpul
21/03 18:00 Elche 2-1 Malyorka
21/03 19:00 Parma - Cremonese
21/03 20:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
21/03 20:00 Fulhem - Byornli
21/03 20:15 Espanyol - Xetafe
21/03 22:00 Milan - Torino
21/03 22:30 Everton - Chelsi
21/03 22:30 Levante - Real Ovyedo
21/03 22:30 Osasuna - Jirona
22/03 00:45 Yuventus - Sassuolo
22/03 01:00 Lids - Brentford
22/03 01:00 Sevilya - Valensiya
22/03 16:30 Komo - Piza
22/03 17:00 Nyukasl - Sanderlend
22/03 18:00 Barselona - Rayo Valyekano
22/03 19:00 Atalanta - Verona
22/03 19:00 Bolonya - Lasio
22/03 19:15 Aston Villa - Vest Xem
22/03 19:15 Tottenhem - Nottingem Forest
22/03 20:15 Selta - Alaves
22/03 22:00 Roma - Lechche
22/03 22:30 Atletik Bilbao - Betis

"MYU" Meyson Mauntning o‘rniga sotib olishi mumkin bo‘lgan futbolchilar. Ular kimlardan iborat?

"MYU" Meyson Mauntning o‘rniga sotib olishi mumkin bo‘lgan futbolchilar. Ular kimlardan iborat?

Baho:
+ | -

Meyson Mauntning "MYU" futbolchisiga aylanishi bu yozda amalga oshmasligi mumkin. Negaki, "Chelsi" allaqachon 24 yoshli futbolchi uchun berilgan uchta taklifni rad etib ulgurdi. Shunga qaramay, "qizil iblislar" hali ham tan bermoqchi emas. Ammo klub Maunt uchun ortiqcha to‘lov qilish niyati ham yo‘q. Agarda ten Xagning bu istagi amalga oshmaydigan bo‘lsa, "Manchester Yunayted"da boshqa variantlar ham mavjud. Quyida mankunianliklar ko‘rib chiqishi mumkin bo‘lgan ayrim muqobillarga e’tibor qaratamiz.

Jeyms Meddison


Yoshi: 26
Klubi: "Lester Siti"

Maunt so‘nggi yillarda Meddison bilan ko‘p taqqoslanar edi. Negaki, ularning har ikkisi ham maydonda o‘xshash vazifalarni bajaradi. Shu sababli bu futbolchilar Angliya terma jamoasida raqobatchilarga aylangan.
Mauntdan ko‘ra Meddisonni olib kelishning ham muammolari mavjud. Jumladan, "Lester" ham o‘z futbolchisi uchun kam narx aytmayapti: 60 million funt. Ha, bu summa Mauntning 70 million narxidan arzonroq. Ammo baribir Chempionship klubidan olinadigan futbolchi uchun ancha qimmatlik qiladi. Transferlar oynasi endi ochilishi hisobga olgan holda, kurash hali oldinda ekanini taxmin qilish mumkin.

Eberechi Eze


Yoshi: 24
Klubi: "Kristal Pelas"

Meddison o‘z pozisiyasida Mauntchalik foydali bo‘la olmas. Ammo Angliya terma jamoasining yangi a’zosi bo‘lgan Eze hammasini eplaydi. U o‘tgan mavsumni "burgutlar" safida aynan sakkizinchi raqamli futbolchi sifatida harakat qilib o‘tkazgan edi. Garchand vazifaviy jihatdan bir hil rolda bo‘lda ham, Eze Maunt taklif etadigan tajriba va funksiyalarga ega emas. Bu esa ingliz futbolchisining transferida to‘siqqa aylanadi.

Muhammad Kudus


Yoshi: 22
Klubi: "Ayaks"

Agarda hujumda Maunt bajaradigan rolga "MYU" boshqa alternativ qidirishni istasa, u holda, ten Xagning sobiq shogirdi Kudus ayni muddao bo‘ladi. Klub Muhammadga yanvar oyidayoq qiziqa boshlagan edi. Bunga uning Gana terma jamoasi safidagi harakatlari sabab bo‘lgan. Ammo ayni damga kelib, yarim himoyachi uchun "Brayton" da’vo qila boshladi. Shu sabab "Manchester Yunayted"dan bu borada tezroq harakat qilish talab etiladi.

Xavi Simons


Yoshi: 20
Klubi: "PSV"

Hujumning har qaysi chizig‘ida o‘ynay oladigan universal futbolchilardan yana biri Xavi Simonsdir. Yosh yarim himoyachi o‘tgan mavsumda o‘zini yaqqol namoyon etdi. Bu xarid ham Kudusniki singari muhimdir. Ten Xag Simons kabi futbolchidan hujumga yanada dinamika qo‘shishda foydalanishi mumkin. Afsuski, Niderlandiya terma jamoasi a’zosi uchun kurash oson kechmaydi. Negaki, "PSJ"da Simonsni arzon narxga qaytarib sotib olish imkoni mavjud.

Pedru Gonsalvesh


Yoshi: 24
Klubi: "Sporting"

Agarda "MYU" faqatgina maydon markazini nazorat qila oladigan ideal pleymeyker qidirayotgan bo‘lsa, u holda "Sporting" yulduzi Gonsalvesh ayni muddao bo‘ladi. Tasodifni qarangki, u bir paytlar Lissabon jamoasiga, aynan "MYU" yulduzi Brunu Fernandesh o‘rniga olib kelingandi. Portugaliya terma jamoasi a’zosi 2022-2023 yilgi mavsumni 20 ta gol va 15 ta assist bilan yakunladi. Shu sababli Gonsalveshga xaridorlar ko‘p bo‘ladi.

 

 

 


ISMATOV J.

Manba: 90min.com
Kiritildi: 11:01, 27.06.2023.
O'qildi: 2647 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик