Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/08 19:00 So‘g‘diyona - Andijon
06/08 20:00 Paxtakor - Buxoro

Firmino uch yillik shartnoma olgan

Firmino uch yillik shartnoma olgan

Baho:
+ | -

"Al-Ahli Jidda" klubi hujumchi Roberto Firmino transferi bo‘yicha muzokaralarni davom ettirmoqda. Jurnalist Fabrisio Romanoning so‘zlariga ko‘ra, tomonlar erkin agent sifatida o‘tish borasida kelishib olishga yaqin.

Qayd etilishicha, Firminoga 3 yillik shartnoma taklif qilingan. Futbolchi klub bilan yakuniy tafsilotlarni muhokama qilmoqda, shundan so‘ng u transferga yakuniy yashil chiroq yoqish niyatida.

Eslatib o‘tamiz, Firmino mavsum oxirida "Liverpul"ni erkin agent sifatida tark etgan edi, garchi jamoa u bilan shartnomasini uzaytirishga qarshi bo‘lmasa ham. Braziliyalik futbolchi Angliya Premyer-ligasining so‘nggi mavsumida 11 ta gol va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning xizmatlariga "Real" va "Yuventus" ham qiziqish bildirishgan.

Kiritildi: 12:26, 27.06.2023.
O'qildi: 2073 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик