"Liverpul" futbolchisi arablar radarida turibdi. Xabarlarga ko‘ra, Saudiya Arabistonining ikki giganti, "Al-Hilol" va "Al-Nasr" Muhammad Saloh uchun da’vogarga aylangan.
30 yoshli hujumchi mersisayd jamoasida 2017 yildan beri harakat qiladi. Uning amaldagi bitimi 2025 yilgacha mo‘ljallangan. Kelayotgan haftada futbolchi o‘z kelajagi borasida bir qarorga keladi.