Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese

So‘nggi bir yil ichida narxi eng arzonlab ketgan futbolchilar ro‘yxati (top-10)

So‘nggi bir yil ichida narxi eng arzonlab ketgan futbolchilar ro‘yxati (top-10)

Baho:
+ | -

O‘tgan so‘nggi 12 oy ichida ko‘plab futbolchilarning narxi osmon bo‘lib ketdi. Ammo yana bir guruh yulduzlar narx borasida ancha arzonladi. Bunga jarohatlar, sport formasining yo‘qolishi va shartnomaning qisqaligi sabab bo‘ldi. Transfermarkt portalidan olingan ma’lumotlar asosida bir yil ichida eng ko‘p qiymatsizlangan futbolchilar ro‘yxatini tuzdik. Quyida shu ma’lumotlar keltiriladi.

10. Federiko Kyeza (-21 million funt)

Italiya terma jamoasi a’zosi bir muddat yuksaklikka chiqqan edi. Ammo o‘tgan mavsumdagi jarohatlar hujumchining o‘sishiga halaqit berdi. Kyezaning bozor narxi bir yilda 21 million funtga arzonlashdi. Ayni damda u 34 millionga baholanmoqda. 22 yoshli futbolchiga "Liverpul" va "Nyukasl" qiziqish bildirgan.

9. Endryu Robertson (-21 million funt)

"Liverpul"ning oxirgi mavsumi omadsiz kechdi. Bu omadsizlikda jamoa himoyasining ham aybi bor. Garchand 8 ta assist qayd etgan bo‘lsa ham, Robertson muhim paytlarda mersisayd klubiga yordam bera olmadi. Bu narsa, o‘z navbatida himoyachining transfer narxiga ham ta’sir o‘tkazgandi.

8. Son (-21 million funt)

Bir paytlar APLning eng yaxshi to‘purari bo‘lgan futbolchi, oxirgi davrda ko‘rinmay qoldi. Son "Tottenxem" uchun 14 ta o‘yinda bitta gol urgandi. Bu biz bilgan hujumchi emas. Mavsum so‘nggida koreyalik o‘ziga kelib olgandek bo‘ldi. Umid qilamizki, u yangi mavsumdan yana jonlanadi.

7. Muhammad Saloh (-21 million funt)

Futbolchining shaxsiy standartlariga ko‘ra vaziyatga baho bersak, biz haqiqiy Salohni yo‘qotib qo‘ydik. Shunga qaramay, u mavsum davomida 19 ta gol va 12 ta assist qayd etdi. U bizni yuqori natijalarga o‘rgatib qo‘yganidan, uning bir yilda 31 ta golda qatnashishi omadsizlikday tuyulmoqda.

6. Yuri Tilemans (-26 million funt)

Belgiyalik yarim himoyachi "Lester Siti"dagi boshqa sheriklari kabi kutilgandek o‘yin ko‘rsata olmadi. Bir paytlar hammaning og‘zida bo‘lgan futbolchi, "Lester"ni qutqarishga kuchi yetmadi. 25 yoshli futbolchi erkin agent sifatida "Aston Villa"ga yo‘l oladigan bo‘ldi. Yangi mavsumda Tilemansdan Unai Emeri samarali foydalanadi degan umidimiz bor.

5. Romelu Lukaku (-26 million funt)

Lukakuning arzonloviga bir qancha faktorlar bor. Avvalo, u "Chelsi"ni ijara asosida tark etdi. Qolaversa, jarohatlar sabab maydonga tusha olmadi. Ha, Lukaku "Inter"da 14 ta gol urishga erishdi. Biroq, bu futbolchining standarti emas. Hujumchiga YECHLda yo‘l qo‘ygan xatosi bundan keyin tinchlik bermasa kerak.

4. Jeydon Sancho (-26 million funt)

Erik ten Xag bilan "MYU" futbolchilar yuksala boshladi. Ammo Sancho o‘zi uchun baribir qiyin mavsumni o‘tkazdi. Hujumchi ba’zi-ba’zida porlab turdi. Ammo bu chaqnashlar kam edi. 26 millionlik qiymatini yo‘qotganidan keyin, uning klubi allaqachon Sanchoni sotish harakatiga tushib qolgan.

3. Pol Pogba (-28 million funt)

Ayni damda 13 millionga baholanayotgan futbolchini mavsum davomida jarohatlar qiynagandi. Pogba shu sabab katta muddatni o‘tkazib yubordi. U birinchi to‘liq o‘yinini "Yuventus"ning may oyidagi bahsida o‘tkazdi.

2. Vilfrid Ndidi (-30 million funt)

Bir paytlar APLning eng yaxshi yarim himoyachisi bo‘lgan futbolchiga, jamoasining pastga tushib ketishi qattiq ta’sir qildi. Ndidi 2021 yilda 51 millionga baholanayotgan edi. Hozir esa bu qiymat bor-yo‘g‘i 21 millionni tashkil etadi. Ha, bu mavsum "Lester" futbolchilariga katta tashvish olib keldi.

1. Sadio Mane (-39 million funt)

"Liverpul"dagi fantastik mavsumlardan keyin Mane Germaniyaga yo‘l olgandi. Ammo u yerda hammasi rejadagi kabi ketmadi. Mane "Bavariya"da asosiy tarkibga kirish uchun qattiq harakat qildi. Ammo buni iloji bo‘lmadi. Hujumchi mavsumda jami 7 ta gol urdi xolos. Afsuski, omad doimo kulib boqavermaydi.

 

 

 


ISMATOV J.

Manba: planetfootball.com
Kiritildi: 13:39, 28.06.2023.
O'qildi: 1719 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик