Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/10 00:00 Leganes 0-0 Valensiya
05/10 16:30 Kristal Pelas 0-1 Liverpul
05/10 17:00 Espanyol 2-1 Malyorka
05/10 18:00 Udineze 1-0 Lechche
05/10 19:00 Arsenal 3-1 Sautgempton
05/10 19:00 Brentford 5-3 Vulverhempton
05/10 19:00 Lester 1-0 Bornmut
05/10 19:00 Vest Xem 4-1 Ipsvich
05/10 19:00 Manchester Siti 3-2 Fulhem
05/10 19:15 Xetafe 1-1 Osasuna
05/10 21:00 Atalanta 5-1 Jenoa
05/10 21:30 Las-Palmas 0-1 Selta
05/10 21:30 Valyadolid 1-2 Rayo Valyekano
05/10 21:30 Everton 0-0 Nyukasl
05/10 23:45 Inter 3-2 Torino
06/10 00:00 Real Madrid 2-0 Vilyarreal
06/10 14:00 Paxtakor 4-2 Dinamo
06/10 15:30 Yuventus 1-1 Kalyari
06/10 17:00 Jirona 2-1 Atletik Bilbao
06/10 17:30 Ukraina - Fransiya
06/10 18:00 Bolonya 0-0 Parma
06/10 18:00 Lasio 2-1 Empoli
06/10 18:00 Chelsi 1-1 Nottingem Forest
06/10 18:00 Aston Villa 0-0 Man. Yunayted
06/10 19:15 Alaves 0-3 Barselona
06/10 20:00 Braziliya - Argentina
06/10 20:30 Brayton - Tottenhem
06/10 21:00 Monsa - Roma
06/10 21:30 Sevilya - Betis
06/10 23:45 Fiorentina - Milan
07/10 00:00 Real Sosyedad - Atletiko

So‘nggi 12 oy ichida eng ko‘p qiymatga ega bo‘lgan futbolchilar (top-10)

So‘nggi 12 oy ichida eng ko‘p qiymatga ega bo‘lgan futbolchilar (top-10)

Baho:
+ | -

Vaqt o‘tgani sayin futbolda ham o‘zgarishlar bo‘laveradi. Buning eng tezi o‘yinchilarning narxida kuzatiladi. O‘tgan mavsum davomida narx borasida qimmatlagan futbolchilarni e’tiboringizga havola etishga qaror qildik. Transfermarkt portali ma’lumotlari asosida qiymati oshgan futbolchilarning oldi o‘ntaligi tuzib chiqildi.

10. Alexandro Balde (+46 million yevro)

2022 yilning yozida Balde "Barselona" akademiyasida porlay boshlagan yosh talantga aylangandi. 12 oy ko‘z ochib-yumguncha ortda qoldi va Balde hozir "Barselona"ning asosiy figurasi sifatida e’tirof etila boshladi. U va sheriklari mavsum davomida atigi 20 ta gol o‘tkazib yuborgan edi. Eng quvonarlisi Balde hali 19 yoshda!

9. Kim Min Je (+46 million yevro)

Janubiy Koreya terma jamoasidan vanihoyat Son Xyon-Minga tenglasha oladigan futbolchi chiqdi. Kim "Napoli"da porlagan yangi nomdir. U o‘z jamoasini 30 yilda ilk marta Italiya chempioniga aylantirgan edi. Himoyachi o‘ta tezkor, baquvvat va taktik jihatdan juda aqlli chiqdi. 27 yoshli futbolchiga "Bavariya" da’vogarlik qilayotgani ham bejiz emas.

8. Aleksis Makallister (+49 million yevro)

Jahon chempioni, "Brayton" yarim himoyasida boshqaruvchiga aylangandi. Argentina terma jamoasi a’zosi uchun da’vogarlar ko‘payib ketgan bir paytda, "Liverpul" uni "AMEX" stadionidan olib ketdi. 25 yoshli futbolchi mersisaydliklar uchun atigi 35 million funtga tushdi xolos.

7. Vinisius Junior (+50 million yevro)

Garchand mavsum davomida Ispaniya bo‘ylab toqatsizlik qilayotgan irqchilarga ko‘p duch kelgan bo‘lsa ham, Vini Junior o‘z yo‘lida sobit qadamlik bilan davom etdi. Shu sababli, hujumchi Braziliya terma jamoasidagi muhimlik darajasi Neymarnikidan ham oshib ketdi. Narx borasida ham Viniga nisbatan shunday iborani ishlatadi olamiz: oshib ketdi!

6. Viktor Osimxen (+55 million yevro)

Mavsumni 31 ta gol bilan tugatganidan keyin, Osimxenga ko‘plab puldor klublar qiziqa boshladi. Nigeriya terma jamoasi hujumchisi ayni damdagi futbol olamida Xoland va Mbappedan keyingi figura sifatida e’tirof etilmoqda. 24 yoshli futbolchi tezkor va aqlli. Bu esa uni raqib himoyachilari uchun dahshatga aylantiradi. Ko‘plar Viktorni Didye Drogbaga qiyoslaydi va bu bejiz emas.

5. Bukayo Saka (+55 million yevro)

"Arsenal" tarbiyalanuvchisi hozirda APLning eng yorqin yulduziga aylangan. Saka yaxshi futbolchi bo‘lish bilan birga inson sifatida ham ajoyib hislatlarga ega. U o‘z jamoasiga sodiq va londonliklarni YECHLga qaytarishda muhim rolni bajardi.

4. Randal Kolo Muani (+64 million yevro)

Ro‘yxatdagi kutilmagan nomlardan biri bu "Ayntraxt" hujumchisi Kolo Muani bo‘lsa kerak. Negaki, u 12 oy oldin katta pulga baholanmayotgandi. 24 yoshli hujumchi 45 ta o‘yinda 23 ta golga mualliflik qildi. Qatardagi mundialda ham futbolchining nomi Fransiya terma jamoasida e’tirof etilgandi. Hozirda Kolo Muani 86 million funtga baholanmoqda.

3. Enso Fernandes (+65 million yevro)

Ha, Ensoning "Chelsi"dagi harakatlari hali 106 million funtni oqlay olgani yo‘q. Ammo u Londonga kelishidan oldin "Benfika" va Argentina termasida fantastik darajaga chiqqandi. 22 yoshli yarim himoyachi Qatardagi jahon chempionatining eng yaxshi yosh futbolchisiga aylangandi. Fernandesning qobiliyatiga shubha yo‘q. Ammo uni APLda ham namoyish etish kerak bo‘ladi.

2. Moyses Kaysedo (+69 million yevro)

Kaysedo uchun "Arsenal" va "Chelsi" kurashayotgan edi. Ammo APLning eng yaxshi yarim himoyachilaridan birini olib ketish oson bo‘lmaydi. "Brayton" uni qishda "Arsenal"ga sotmagan edi. Hozir esa xaridorlar anchagina. Ekvadorlikni maydondagi harakatlari asosida N'Golo Kantega o‘xshatish mumkin. Ajoyib futbolchi tez orada o‘zining top-klubini topadi.

1. Xvicha Kvarasxeliya (+70 million yevro)

O‘z ona yurtining Batumi shahrida futbol o‘ynab yurgan hujumchi, bir yil ichida butun dunyo taniydigan super-yulduzga aylandi. Futbolda shunaqasi ham bo‘lib turadi. Xvicha o‘tgan mavsumning eng omadli vakili edi. Italiya chempioni YECHLning eng yosh yil futbolchisiga aylandi. Uning 22 yoshligini hisobga olgan holda aytish mumkinki, hali Gruziya terma jamoasi a’zosining yorqin kelajagi oldinda. Uning narxi bir yilda 70 million yevroga o‘sganini esa tushunasiz.

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: planetfootball.com
Kiritildi: 17:34, 28.06.2023.
O'qildi: 2759 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.