Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/03 00:45 Cremonese 1-4 Fiorentina
17/03 01:00 Brentford 2-2 Vulverhempton
17/03 01:00 Rayo Valyekano 1-1 Levante
17/03 22:45 Sporting 5-0 Bude-Glimt
18/03 01:00 Arsenal 2-0 Bayer
18/03 01:00 Chelsi 0-3 PSJ
18/03 01:00 Manchester Siti 1-2 Real Madrid
18/03 19:15 Qo‘qon-1912 1-1 Navbahor
18/03 19:15 Xorazm 0-2 Bunyodkor
18/03 20:00 Qizilqum 0-0 OKMK
18/03 22:45 Barselona - Nyukasl
19/03 01:00 Bavariya - Atalanta
19/03 01:00 Liverpul - Galatasaroy
19/03 01:00 Tottenhem - Atletiko
19/03 16:00 Andijon - Mash’al
19/03 18:15 Buxoro - Dinamo

"Bavariya" Keyn, Maunt va Uoker transferlaridan keyin qanday tarkibga ega bo‘ladi?

"Bavariya" Keyn, Maunt va Uoker transferlaridan keyin qanday tarkibga ega bo‘ladi?

Baho:
+ | -

Tomas Tuxel yangi mavsum uchun YECHLni yutishga qodir jamoa tuzishga harakat qilmoqda. Buning uchun yoz davomida katta transferlarni amalga oshirish talab etiladi. Shu kunlarda Germaniya chempionlari bir nechta ingliz futbolchilariga qiziqish bildirmoqda. Ular ichida Xarri Keyn, Meyson Maunt va Kayl Uokerlar jamlangan. Tuxel ularni o‘z jamoasida ko‘rishni istamoqda. Xususan, Keyn o‘tgan mavsumda jamoani tark etgan Robert Levandovski o‘rnini egallashi aytilgan. Aynan markaziy hujumdagi kamchiliklar, myunxenliklarning "Manchester Siti"ga mag‘lubiyatiga asosiy sabab bo‘lgandi.

49 yoshli Tuxel ikki yil davomida Angliyada ishlagandi. Shu sabab u bozorni yaxshi biladi. Aynan mana shu faktor uni ingliz futbolchilarini sotib olishga undamoqda. Nemis mutaxassisi yangi mavsumda "Bavariya"ni barcha sovrinlar uchun kurashadigan jamoaga aylantirish maqsadida. Albatta, yaxshigina sarf-xarajatlarsiz buning imkoni bo‘lmaydi.
Bundesliga giganti "Napoli"dan Kim Min Jeni xarid qilishga yaqin turibdi. Sal avval "Borussiya Dortmund"dan yana bir himoyachi Rafael Gerreyro erkin agent sifatida olib kelingan edi. Bu haftadan "Bavariya" o‘z e’tiborini mutlaqo yangi nishon, hujumchiga qaratdi.

"Tottenxem" hujumchisi Xarri Keyn uchun bildirilgan  60 million funt (70 million yevro)lik taklif rad etildi. Hozir esa Tuxel jamoasi ikkinchi taklifga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Agarda Angliya terma jamoasi a’zosi olib kelinsa, hujum chizig‘i dahshatli ko‘rinish oladi. Xarri Keyn, Leroy Sane va Kingsley Komanlar u yerdan joy olishi mumkin. Bu trio, nom jihatdan istalgan klub mudofaasiga dahshat soladi. Albatta, "Bavariya"ning qolgan chiziqlarida ham o‘zgarish bo‘ladi. Masalan, yarim himoyaga Meyson Mauntni olib kelish ko‘zlangan. 24 yoshli futbolchi 2021 yilda Tuxel bilan YECHLda zafar quchgandi. Unga "Manchester Yunayted" jiddiy da’vogar sanaladi. Mauntning kelishi yarim himoyada Jamal Musiala va Yoshua Kimmix bilan hamkorlikni ta’minlaydi.

"Bavariya" himoyasi Kim bilan to‘ldirilgandan keyin, koreyalik futbolchi Matteys De Ligt va Dayo Upamekano bilan harakat qiladi. Shuningdek,  Gerreyro Lukas Ernandes o‘rnini egallasa, chapdagi Pavar o‘rniga Kayl Uoker o‘rnashadi. U "Manchester Siti"ni tark etishga yaqin turibdi. Darvozaga yana Manuel Noyer qaytadi. Uning o‘rnida harakat qilgan Yann Zommerga "Inter" qiziqish bildirgani haqida xabarlar mavjud.
Yangi mavsumda "Bavariya" tarkibi taxminan shunday ko‘rinish oladi.

 

 

 


ISMATOV J.

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 10:55, 29.06.2023.
O'qildi: 3758 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.