Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/10 00:00 Real Madrid 2-0 Vilyarreal
06/10 14:00 Paxtakor 4-2 Dinamo
06/10 15:30 Yuventus 1-1 Kalyari
06/10 17:00 Jirona 2-1 Atletik Bilbao
06/10 17:30 Ukraina 7-1 Fransiya
06/10 18:00 Bolonya 0-0 Parma
06/10 18:00 Lasio 2-1 Empoli
06/10 18:00 Chelsi 1-1 Nottingem Forest
06/10 18:00 Aston Villa 0-0 Man. Yunayted
06/10 19:15 Alaves 0-3 Barselona
06/10 20:00 Braziliya 2-1 Argentina
06/10 20:30 Brayton 3-2 Tottenhem
06/10 21:00 Monsa 1-1 Roma
06/10 21:30 Sevilya 1-0 Betis
06/10 23:45 Fiorentina 2-1 Milan
07/10 00:00 Real Sosyedad 1-1 Atletiko

Yulduz otalarning farzandlari top-klublarga o‘tish arafasida

Yulduz otalarning farzandlari top-klublarga o‘tish arafasida

Baho:
+ | -

Sulolalar futbolda uchun tez-tez uchraydigan voqea. Masalan, Maldinilar oilasi (Sezare, Paolo, Daniel) bir necha o‘n yillar beri “Milan”da o‘ynashgan, Karles va Serxio Buskets “Barsa”da, Peter va Kasper Shmeyxellar esa Daniya terma jamoasi darvozasini himoya qilishgan. Yangi avlodda futbolchilar orasida ham o‘tmishdagi mashhur otalarning farzandlari bor. 2023 yil yozgi transfer oynasida esa ularning ba’zilari klubini o‘zgartirib, o‘sishda davom etishi mumkin.

Timoti Vea (“Lill” → “Yuventus”)

Timoti tarixdagi eng yaxshi afrikalik futbolchilardan biri, "Oltin to‘p" sohibi Jorj Veaning o‘g‘lidir. Vea hozirda Liberiya prezidenti hisoblanadi. Ammo Timoti 2000 yilda AQSHda tug‘ilgan. Xalqaro miqyosda u Amerika terma jamoasi sharafini himoya qiladi. Kichik Veaning Liberiya bilan hech qanday aloqasi yo‘q, hatto fuqaroligi ham yo‘q. Timoti AQSHda o‘zining ilk futbol qadamlarini qo‘ydi va 2014 yilda “PSJ” akademiyasiga o‘tdi.

Vea Parijda besh yilni o‘tkazdi, 2018/2019 yilgi mavsumda u hatto asosiy tarkibda bir nechta o‘yinlar o‘tkazdi. Ammo Timoti “PSJ”da o‘z o‘rniga ega bo‘lmadi. 2019 yilda u “Seltik”ka ijaraga berildi. Shotlandiyada olti oy o‘tkazgandan so‘ng, Vea Fransiyaga qaytdi, lekin bu safar “Lill”ga. “Buldoglar” futbolchini parijliklardan 10 million yevroga sotib olishdi.

"Lill"da Veaga ko‘proq ishonch bildirilardi. Ammo 2022/2023 yilgi mavsumda Timoti vaqti-vaqti bilan zaxira o‘rindig‘ida qoldi. Shu bilan birga, maydonga kirib, u o‘zini himoyaning o‘ng yoki chap qanotida topdi, garchi u nominal qanot himoyachisi hisoblanadi. Mavsumdagi 32 ta o‘yinda kichik Vea birorta ham gol urmadi, atigi ikkita golli uzatmani amalga oshirgan. Ammo bu afsonaviy hujumchining o‘g‘li uchun xaridor bo‘lgan "Yuventus"ni bezovta qilmadi. Turintliklar, Goal xabariga ko‘ra, Veani "Lill"dan 12 million yevroga sotib oladi. Timoti hafta oxirigacha tibbiy ko‘rikdan o‘tadi, shundan so‘ng transfer rasman e’lon qilinadi.

Markus Tyuram (“Borussiya M” → “Inter”)

Quyida Lilian Tyuramning ikki o‘g‘li haqida gap boradi. O‘g‘illarning to‘ng‘ichi Markus professional faoliyatini 2015 yilda "Sosho"da boshlagan. Keyin u “Gengam”ga o‘tdi va 2019 yilda Myunxengladbaxning "Borussiya"si bilan shartnoma imzoladi. Markus asosan markaziy hujumchi vazifasini bajaradi.

Tyuram to‘rt yilni Germaniyada muvaffaqiyatli o‘tkazdi. 2020 yilda u Fransiya terma jamoasi o‘yinlariga jalb qilina boshladi. 2022/2023 yilgi mavsumda Markus 32 uchrashuvda 16 ta gol urdi. Ammo uning “Borussiya” bilan shartnomasi yakuniga yetdi.

Tyuramga “Milan”, “PSJ” va “Nyukasl” qiziqish bildirayotgan bo‘lsa-da, “Inter” vaziyatdan unumli foydalandi. Markus tibbiy ko‘rikdan o‘tganidan so‘ng Chempionlar ligasi finalchisi bilan 5 yillik shartnoma imzolaydi. Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, Tyuram 32 million yevroga baholangan. Ammo "Inter" uni erkin agent sifatida oladi.

Milanda 25 yoshli hujumchi Edin Jekoning o‘rnini egallaydi va klubda ijara asosida o‘ynagan Romelu Lukakuning ehtimoliy yo‘qotishini ham qoplaydi. Tyuramning eng yaxshi fazilatlari - bu tezlik, jismoniy holat (192 sm), pas o‘ynash qobiliyati, ko‘p qirralilik, yaxshi gol urish instinkti.

Kefren Tyuram (“Nissa” → “Liverpul”)

Liliananing kenja o‘g‘li - Kefren. 22 yoshli fransuz akasidan farqli o‘laroq, tayanch zonasida o‘ynaydi. Shu bilan birga, Kefren jismonan ham kuchli (bo‘yi ham 192 sm), tezkor va texnik o‘yinchi. Lekin u to‘p bilan kurashda va paslarda ham sovuqqon va chidamli. Kichik Tyuram “Monako”da tarbiyalangan, ammo asosiy jamoada hech qachon debyut o‘tkazmagan.

2019 yilda Kefrenni “Nissa” sotib oldi. Dastlabki ikki yil davomida yarim himoyachi kattalar futboliga ko‘proq moslashdi, ammo 2021/2022 yilgi mavsumdan boshlab asosiy tarkibga kirdi.

Yakunlangan mavsumda Tyuram barcha musobaqalarda 48 o‘yin o‘tkazib, ikkita gol urdi va sakkizta golli uzatmani amalga oshirdi. Markaziy yarim himoyachi uchun yomon statistika emas.

Iste’dodli fransuzga "Liverpul" qiziqish bildirgan. Football Insider xabariga ko‘ra, ingliz top-klubi Kefren bilan shartnoma imzolashga yaqin turibdi. Transfer 60 million yevroga baholanmoqda. Tyuram, shubhasiz, yangilanishga muhtoj bo‘lgan "Liverpul" yarim himoyachisiga yorqinlik olib kiradi. U Yurgen Klopp tizimiga juda mos tushadi. Mersisaydliklar uchun yaxshi kelishuv. Aytgancha, hozir Kefren Fransiya terma jamoasiga Yevro U-21da yordam bermoqda.

Kiritildi: 15:02, 29.06.2023.
O'qildi: 3420 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.