Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/01 01:00 Vilyarreal 1-2 Ayaks
21/01 01:00 Tottenhem 2-0 Borussiya D
21/01 01:00 Sporting 2-1 PSJ
21/01 01:00 Real Madrid 6-1 Monako
21/01 01:00 Olimpiakos 2-0 Bayer
21/01 01:00 Inter 1-3 Arsenal
21/01 01:00 Kopengagen 1-1 Napoli
21/01 22:45 Qorabog‘ 3-2 Ayntraxt F
21/01 22:45 Galatasaroy 1-1 Atletiko
22/01 01:00 Bavariya 2-0 Yunion
22/01 01:00 Marsel 0-3 Liverpul
22/01 01:00 Nyukasl 3-0 PSV
22/01 01:00 Slaviya 2-4 Barselona
22/01 01:00 Chelsi 1-0 Pafos
22/01 01:00 Yuventus 2-0 Benfika
22/01 01:00 Atalanta 2-3 Atletik Bilbao

Futzal bo‘yicha Jahon chempionati oldidan o‘tkazilgan dastlabki inspeksiya jarayoni yakunlandi

Futzal bo‘yicha Jahon chempionati oldidan o‘tkazilgan dastlabki inspeksiya jarayoni yakunlandi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

FIFA ekspertlari hamda O‘FA birinchi vise-prezidenti Ravshan Irmatov va futzalni rivojlantirish qo‘mitasi raisi Jahongir Usmonov boshchiligidagi maxus ishchi guruh tomonidan futzal bo‘yicha Jahon chempionati bo‘lib o‘tadigan hududlarni o‘rganish ishlari olib borilayotganidan xabaringiz bor.

Toshkent shahri, Andijon, Farg‘ona, Samarqand viloyatidan so‘ng ishchi guruh Buxoroning futzal infratuzilmasini o‘rganib chiqdi.

FIFA va O‘FA vakillari “Universal Sport Saroyi” bilan tanishdilar. Majmua maydoni, jamoalarning kiyim almashtirish xonalari, media markaz, tashkiliy-ma’muriy obektlarni jahon chempionati standartiga moslash bo‘yicha fikrlar almashildi. Muxlislar va tashrif buyuruvchilar uchun qulayliklar yaratish yuzasidan rejalar belgilab olindi.

Shuningdek, delegasiya vakillari viloyatda joylashgan mehmonxonalar, Olimpiya va paralimpiya sport turlariga mo‘ljallangan kompleks hamda mashg‘ulot zallarini ko‘zdan kechirdi.

Shu bilan futzal bo‘yicha 2024 yilgi Jahon chempionati oldidan o‘tkazilgan dastlabki inspeksiya ishlari yakunlandi. Inspeksiya xulosalari ertaga - 30 iyun kuni FIFA va O‘FA vakillari ishtirokidagi matbuot anjumanida taqdim etiladi. Anjuman soat 10:45 da O‘FA majlislar zalida boshlanadi.

Manba: Telegram.me/FAUzbekistan
Kiritildi: 17:38, 29.06.2023.
O'qildi: 1181 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.