"Marsel" yozdagi ilk xaridni amalga oshirdi. Xabarlarga ko‘ra, "Atletiko" yarim himoyachi Joffre Kondogbya Fransiyaga yo‘l oladi.
Tomonlar 30 yoshli futbolchi uchun 8 million yevrolik kelishuvga erishgan. Markaziy Afrika Respublikasi terma jamoasi a’zosi 2027 yilgacha mo‘ljallangan shartnomaga qo‘l qo‘yishi kutilmoqda.