Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Nega "Bavariya"ga aynan Xarri Keyn kerak?

Nega "Bavariya"ga aynan Xarri Keyn kerak?

Baho:
+ | -

So‘nggi xabarlarga qaraganda, "Bavariya" Xarri Keyn xaridiga juda ham yaqin turibdi. Qayd etilishicha, Keyn va nemis giganti o‘rtasida allaqachon shaxsiy shartlar kelishib olingan. Dastlabki taklif rad etilganidan keyin, "Bavariya" hujumchi uchun 80 million funt taklif etishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Ha, "Tottenxem" rahbari Daniel Levi Keynni sotishni istamayapti. Shu sababli muzokaralarda qaysarlik qilmoqda. Ammo bu myunxenliklarni yo‘ldan qaytara olmaydi.

Nemis jurnalisti, BILD muxbiri Kristian Falkning ta’kidlashicha, Bundesliga chempionlari bu masalani hal qilishiga ishonmoqda. Ayrim manbalarga ko‘ra, "Bavariya"ga Keynni yana bir yil, u erkin agentga aylanguniga qadar kutish kerakligi taklif qilingan. Ammo klubga hujumchi zarur va bunday qilib bo‘lmaydi. Falk bu borada BBC radiosiga shunday dedi: "Tomas Tuxel "Bavariya"da xuddi Angliyadagi kabi ishlamoqda. Ya’ni, aynan u jamoaga kim kelishi va ketishini hal qiladi. Tuxel Keynning oilasi bilan ham gaplashgan. Shunday ekan, "Bavariya" Keynning xohishlarini aniq bilmaganida, taklif yubormagan bo‘lardi. Futbolchi avvaldan Daniel Levi bilan kelishib olgan edi: agar Keynni qiziqtiradigan taklif berilsa, unga ketishga ruxsat berilishi kerak. Hozir, u aynan ketishni istayapti. Negaki, "Tottenxem"da sovrin yutishning imkoni bo‘lmadi. Agarda u "Bavariya"ga borsa, hech bo‘lmaganda, yiliga bitta titul kafolatlanadi. Keyn shu sababdan Germaniya sari otlangan. Ha, futbolchi hozir Londonda qolsa ham, "Bavariya" Keynni yana bir yil kutishi mumkin. Ammo unda "Tottenxem" uni tekinga qo‘yib yuborishiga tӯg‘ri keladi Hozir qaror qabul qilish kerak bo‘lgan payt: klub rahbarlari 80 million funtni olib, uni sotadimi yoki yana bir yilga saqlab qolib, keyin tekinga qo‘yib yuboradimi? Mana shu o‘ta muhim, ayni paytda "shporlar" uchun og‘ir masaladir".

Levi shunday ahvolda turgan bo‘lishiga qaramasdan, Keynni qo‘yib yuborgisi kelmayapti. U hujumchini qoldirishga, yangi shartnomaga imzo chekishiga umid qilmoqda.
"Bavariya" allaqachon o‘ziga Levandovskini o‘rnini bosadigan vakil kerak ekanini anglab yetgan. Yevropa sahnida kurash olib borish uchun bu juda ham muhim sanaladi.
Xarri Keyn uchun "Real" ham da’vogarlik qilayotgandi. Ammo madridliklar allaqachon kurashdan chiqib bo‘lgan. "Manchester Yunayted" esa ayni damda hujum chizig‘idan boshqa hududlarni kuchaytirish bilan ovvora. Shunday vaziyatda, "Bavariya" kerakli qadamlarni vaqtida tashladi. Tez orada Xarri Keyn ularniki bo‘ladi.

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 21:48, 29.06.2023.
O'qildi: 1672 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.