Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/01 11:00 Saudiya Arabistoni 0-2 Eron
30/01 13:00 Avstraliya 2-4 O‘zbekiston
30/01 15:00 Malayziya 0-7 Afg‘oniston
30/01 17:00 Tojikiston 0-3 Yaponiya
31/01 00:45 Lasio - Jenoa
31/01 01:00 Espanyol - Alaves
31/01 18:00 Real Ovyedo - Jirona
31/01 19:00 Piza - Sassuolo
31/01 20:00 Lids - Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton - Bornmut
31/01 20:00 Brayton - Everton
31/01 20:15 Osasuna - Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli - Fiorentina
31/01 22:30 Levante - Atletiko
31/01 22:30 Chelsi - Vest Xem
01/02 00:45 Kalyari - Verona
01/02 01:00 Elche - Barselona
01/02 01:00 Liverpul - Nyukasl

Nega APL klublari transferlarni shosha-pisha, 30 iyundan oldin yakunlashga intilmoqda?

Nega APL klublari transferlarni shosha-pisha, 30 iyundan oldin yakunlashga intilmoqda?

Baho:
+ | -

Angliya Premyer-ligasi klublari juma, 30 iyundan oldin bir anchagina xaridlarni amalga oshirishga ulgurdi. Negaki, bugun norasmiy transferlar muddati yakuniga yetadi. Garchand transferlar oynasining ochilganiga endigina ikki hafta bo‘lgan bo‘lsa ham, "Arsenal", "Manchester Siti" va "Tottenxem" kabi jamoalar allaqachon yirik transferlarga qo‘l urishdi. Bundan tashqari yirik sotuvlarni amalga oshirish borasida "Chelsi" butun dunyoni hayron qoldirmoqda. Bu klub Kay Xavers, Kalidu Kulibali, Eduar Mendi kabi yulduzlarini anchagina summaga sotib yubordi. Ketishning so‘nggisi Meyson Maunt bo‘ldi. U 60 million funt evaziga "Manchester Yunayted"ga yo‘l oladigan bo‘ldi. Yozning birinchi oyida bunday yurishlarning amalga oshirilishi bejiz emas. Negaki, katta klublar o‘z nishonlaridan ayrilib qolishni istamaydi. Shu sababli tezkor harakat qilinib, futbolchilar erkin agentga aylanadigan 30 sanaga qadar muhim transferlarni hal qilinishi lozim.

"Chelsi" tarkibida o‘tgan mavsumdan yig‘ilib qolgan futbolchilar ko‘payib ketgandi. Roman Abramovichdan keyin boshqaruvga kelgan Todd Boeli bir mavsumda 600 million funtni transferlar uchun sarfladi. Olib kelingan futbolchilar ichida eng qimmati Enso Fernandes edi (106 million funt). Hozir rahbariyat aql bilan ish tuta boshladi. Shu sababdan Kay Xaresni 65 million funtga, Meyson Mauntni esa 60 millionga pulladi. Qolgan bir nechta yirik nomlar esa Saudiya Arabistoniga ketdi. Bu esa, o‘z navbatida Pochettino uchun yangi xaridlarga yo‘l ochadi.

O‘tgan bir necha kun ichida "Manchester Siti"ni Mateo Kovachichga erishganini, "Tottenxem" esa "Lester"dan Jeyms Meddisonni olib kelganiga guvohi bo‘ldik. Hali bugunning o‘zida yana bir qancha ko‘chishlar kuzatilishi kutilmoqda. Ular ichida "Chelsi"dan Loftus-CHikni "Milan"ga o‘tishini, "Arsenal"ning esa Yurriyen Timberni sotib olishini alohida ta’kidlash joiz. Shuningdek, Xakim Ziyeshni "Al-Nasr"ga ko‘chishi ham rasman tasdiqlanadi.

Chempionshipga nazar solganimizda ham bir qancha o‘zgarishlar bo‘lishi kuzatishimiz mumkin. Xususan, "Lester Siti" birato‘lasi uchta xarid: Zakari Steffan ("Manchester Siti"), "Xarri Vinks ("Tottenxem") va Konor Koadi ("Vulverxempton")ni sotib oladigan bo‘ldi.
Aytish mumkinki, 30 iyun bu shunchaki, norasmiy chegara xolos. Yevropadagi klublar yoz davomida bemalol sotish va sotib olishni amalga oshirsa bo‘ladi. Buning uchun rasman 1 sentyabrgacha ruxsat beriladi.

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 11:09, 30.06.2023.
O'qildi: 3973 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.