Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/11 00:45 Kalyari 1-0 Verona
30/11 01:00 Brayton 1-1 Sautgempton
30/11 01:00 Malyorka 2-1 Valensiya
30/11 15:00 Navbahor - Andijon
30/11 15:00 OKMK - Qizilqum
30/11 15:00 Lokomotiv - Neftchi
30/11 15:00 Bunyodkor - Paxtakor
30/11 15:00 Surxon - Olimpik
30/11 15:00 Dinamo - So‘g‘diyona
30/11 15:00 Nasaf - Metallurg
30/11 18:00 Barselona - Las-Palmas
30/11 19:00 Komo - Monsa
30/11 20:00 Brentford - Lester
30/11 20:00 Kristal Pelas - Nyukasl
30/11 20:00 Nottingem Forest - Ipsvich
30/11 20:00 Vulverhempton - Bornmut
30/11 20:15 Alaves - Leganes
30/11 22:00 Milan - Empoli
30/11 22:30 Vest Xem - Arsenal
30/11 22:30 Espanyol - Selta
01/12 00:45 Bolonya - Venetsiya
01/12 01:00 Valyadolid - Atletiko

Xarri Keyn "Chelsi"ga o‘tishga ishora qildi. U bilan Maurisio Pochettinoning jamoasi qanday ko‘rinish oladi?

Xarri Keyn "Chelsi"ga o‘tishga ishora qildi. U bilan Maurisio Pochettinoning jamoasi qanday ko‘rinish oladi?

Baho:
+ | -

Maurisio Pochettino "Chelsi" bilan mutlaqo yangi hujum chizig‘ini shakllantirishi mumkin. Bu uchun unda hamma narsa bor. O‘tgan mavsum klub uchun rekord darajada omadsiz o‘tgan edi. Shu sabab Todd Boeli katta tozalash ishlarini boshlab yuborgan. Tarkib futbolchilari har yoqqa, xususan, Saudiya Arabistoniga ham yo‘l olmoqda. Shunga qaramay, "Stemford Brij"ga kelayotgan futbolchilar ham bor. Ularning ilk vakili Kristofer Nkunkudir. Hujumchi yangi mavsumdan yana bir yulduz bilan harakat qilishi mumkin. Xarri Keyn Nkunkudan keyingi transferga aylanishi aytilmoqda. Bunga "Tottenxem" futbolchisining o‘zi ishora qildi. Garchand Angliya terma jamoasi a’zosi uchun "Bavariya" qattiq kurashayotgan bo‘lsada, futbolchining taqdiri London bilan bog‘liq bo‘lib qolish ehtimoli ham yo‘q emas. Ammo bu yo‘l "Tottenxem" bilan ortiq kesishmaydi. 29 yoshli hujumchi o‘ziga Londondan yangi uy qurdirayotganini aytgan.

Aytishlaricha, Xarri Keyn o‘z oilasi bilan bu uyga ko‘chishga yaqin turibdi. Uy UYEntuorz Golf klubi yaqinida joylashgan. Agar shunday bo‘lsa, Keyn "Chelsi" mashg‘ulotlar bazasi bo‘lmish "Kobxem"dan atigi 15 mil narida yashay boshlaydi. Bu degani, Keyn "Chelsi"ga kelishi mumkin. Agarda shunday bo‘lsa, Pochettino jamoasi qanday ko‘rinishga ega bo‘ladi?

Kepa Arricsabalaga jamoada qolishni istaydi. U Eduar Mendining ketishidan keyin, albatta asosiy o‘ringa da’vogar sanaladi. Himoya esa quyidagicha tashkillanadi. "Brayton"dagi ajoyib mavsumdan keyin, Levi Kolvill Londonga qaytishi kutilmoqda. U Pochettino jamoasi markaziy himoyasida Tiagu Silva bilan hamkorlikda harakat qiladi. O‘ng qanotdagi o‘rinni so‘zsiz Ris Jeyms egallaydi. Chapda esa Mark Kukurelya va Ben Chilvell asosiy tarkib uchun raqobat qiladi.
Yarim himoya 107 millionlik Enso Fernandesga topshiriladi. Unga sherik sifatida "Brayton"dan Moyses Kaysedo olib kelinishi kutilmoqda. Ular hamkorlikda o‘rin almashib o‘ynashlari mumkin bo‘ladi.

Pochettino uchun taklif etilayotgan dastlabki taktik sxema hujumidan Mixail Mudrik o‘rin oladi. U chap qanotni egallasa, qarama-qarshi tomonda Noni Madueke shay turadi. Markaziy hujumda albatta Xarri Keyndan foydalaniladi. Uning ortidan esa Nkunku o‘rin oladi. Bu ikkisi o‘tgan mavsumda jami 53 ta golga mualliflik qilgandi. Keyn 33 ta urgan bo‘lsa, Nkunkuda 20 ta Bundesliga gollari mavjud.
Boshqa bir muqobil variantga ko‘ra, hujumda Keyn va "Vilyarreal"dan kelayotgan Nikolas Jekson bo‘ladi. Yarim himoya esa boshqa ehtimoliy transfer bo‘lgan  Romeo Laviya va akademiya vakili Itan Ampadudan tashkil topadi. Himoyada Kolvill o‘rnini yana bir talantli klub tarbiyalanuvchisi Benua Badiashile egallaydi. Darvoza sohasida Kepa o‘rniga "Inter" posboni Andre Onana paydo bo‘lishi ham mumkin.

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 13:03, 30.06.2023.
O'qildi: 3647 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.