Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/03 00:45 Cremonese 1-4 Fiorentina
17/03 01:00 Brentford 2-2 Vulverhempton
17/03 01:00 Rayo Valyekano 1-1 Levante
17/03 22:45 Sporting 5-0 Bude-Glimt
18/03 01:00 Arsenal 2-0 Bayer
18/03 01:00 Chelsi 0-3 PSJ
18/03 01:00 Manchester Siti 1-2 Real Madrid
18/03 19:15 Qo‘qon-1912 - Navbahor
18/03 19:15 Xorazm - Bunyodkor
18/03 20:00 Qizilqum - OKMK
18/03 22:45 Barselona - Nyukasl
19/03 01:00 Bavariya - Atalanta
19/03 01:00 Liverpul - Galatasaroy
19/03 01:00 Tottenhem - Atletiko
19/03 16:00 Andijon - Mash’al
19/03 18:15 Buxoro - Dinamo

Toptasang, baxilni topta – UYEFA transfer siyosatiga yangi o‘zgarish kiritdi

Toptasang, baxilni topta – UYEFA transfer siyosatiga yangi o‘zgarish kiritdi

Baho:
+ | -

UEFA transferlar bozoriga ayrim o‘zgarishlar kiritdi. Bunga Todd Boeli boshchiligidagi "Chelsi"ning o‘tgan mavsum amalga oshirgan ayrim "o‘yinlar"i sabab bo‘ldi. Endi qolganlarning cho‘ntagidan baland pul sarfiga imkon berilmaydi.

Bundan buyog‘iga klublar transfer to‘lovlarini futbolchining ko‘pi bilan 5 yillik shartnoma muddati uchun to‘lay oladi. Bu muddatdan keyingi yillar vaqtincha joriy hisobga kiritilmay turiladi. Ushbu to‘xtamga kelinishiga asosiy sabab barcha klublar uchun teng imkoniyat yaratish hisoblanadi. Buning ustiga futbol tez sur’atlar bilan o‘sayotgan ekan, bir futbolchiga uzoq yillar "xo‘jayinlik qilish" mantiqiy jihatdan to‘g‘ri emas. UEFA chorshanba kuni qoidalarni "barcha klublarga teng munosabatda bo‘lishni ta’minlash va moliyaviy barqarorlikni yaxshilash" uchun o‘zgartirdi.

O‘zgartishlar 1-iyuldan kuchga kiradi, ammo amaldagi tartiblar va xaridlar o‘z kuchida qoladi. Bu shuni anglatadiki, "Chelsi" endi uzoq vaqt davomida o‘zining boy rahbari tufayli yangi futbolchilarga og‘izlariga siqqan pulni bera olmaydi.

Yanvar oyida "Chelsi" pullarni o‘zi xohlaganicha sochdi, o‘yinchilar uchun xarajatlarni taqsimlash jarayonida mega shartnomalar vujudga keldi. Birgina Mudrik uchun 62 million funt sterling ketgan bo‘lsa, Enso Fernandesni qo‘lga kiritish uchun 108 millionning bahridan kechildi. Biroq bu xaridlar yangi hisob-kitoblarga ko‘ra tuzilgan qoidalarni istisno qiladi. Biroq, "Chelsi" yangi qoidalarga zid kelgan yagona jamoa emas. "Liverpul" ham Darvin Nunyes (78 mln) va Kodi Gakpo (66 mln) bilan tuzilgan shartnomalar tufayli jabr chekishi mumkin edi – ularning ham bitimi besh yildan uzoq muddatni tashkil etadi. Fransiyaning L'Equipe gazetasi bergan xabarga ko‘ra, UEFA shunday bayonot qoldirgan: "Evropa klublari tomonidan amalga oshirilgan so‘nggi bitimlar yangi moliyaviy barqarorlikni vujudga keltirish uchun yangi qoidalarni tuzishga sabab bo‘ldi.

Bunga javoban, UEFA vise-prezidenti Gabriele Gravina hamda u boshchiligidagi klublarni lisenziyalash bo‘yicha qo‘mita transferlar siyosatiga ushbu o‘zgarishni kiritdi. Endi dahshatli transfer amaliyotlarining oldini olish va teng o‘yin sifatini ta’minlash maqsadida qoidalarga bir qator o‘zgartirishlar kiritish davom etadi, toki adolatli siyosat yuzaga kelmas ekan...

 

Yusufbek Saydaliyev tarjimasi

Kiritildi: 14:34, 30.06.2023.
O'qildi: 3413 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.