"Tottenxem" himoyachisi Serxio Regilon faoliyatini "Selta"da davom ettirishi mumkin, deya xabar beradi jurnalist Ben Jeykobs.
Manbaga ko‘ra, 26 yoshli ispaniyalikning xizmatlariga shaxsan "Selta"ning yangi bosh murabbiyi Rafael Benites qiziqmoqda.
2022/23 yilgi mavsumda Regilon Madridning “Atletiko” klubida ijara asosida o‘ynadi. U barcha musobaqalarda 12 ta o‘yin o‘tkazdi.