Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona 2-3 Bolonya
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam - BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal

Messi «Real»da, Ronaldu «Barselona»?! Reallik emas, faqat tasavvur

Messi «Real»da, Ronaldu «Barselona»?! Reallik emas, faqat tasavvur

Baho:
+ | -

Bir tasavvur qiling, Lionel Messi «Real»da, Krishtianu Ronaldu esa «Barselona»da.

Shunaqa bo‘lishi mumkinmi? Mavjud tushunchaga ko‘ra, aslo imkoni yo‘q bunday o‘tishlarning. To‘g‘ri, vaqtida afsonaviy Luish Figu «Barselona»ni qo‘qqisdan «Real»ga almashtirib, futbolda «Hech qachon» iborasini ishlatmaslik kerakligini ko‘rsatib qo‘ygandi. Lekin mohiyatan qarasak, shunday xayoliy transferlar borki, ular hech qachon amalga oshmaydi chindan ham. Shuning barobarida tasavvurni birov taqiqlab qo‘yolmaydi, albatta. Demak, bugungi fotojamlanma vositasida ayrim yulduz futbolchilarni ashaddiy raqib jamoalar libosida birrov tasavvur qilamiz. Lekin unutmang, bunaqasi imkonsiz deyarli.

Lionel Messi «Real»da. Yo‘q, Kataloniya bunday o‘tishni aslo ko‘tarolmasdi, Leoning o‘zi ham ikki dunyoda «Madrid»ga qiyo boqmasa kerak.

Krishtianu Ronaldu «Barselona»da. Ha, portugaliyalik yulduz Saudiya Arabistoniga yuzlanishidan oldin uning Kataloniya supergrandida o‘ynashi ehtimoli haqida xabarlar chiqdi. Lekin bu shunchaki, gap-so‘z edi...

Vinisius Junior «Atletiko»da. Madridning ikki klubi o‘rtasidagi adovat yanada kuchli. Shunday ekan, braziliyalikni «matraschilar» formasida ko‘rish - sof xayolot.

Muhammad Saloh «MYU»da. Misrlik golea­dor «Enfild»dan ketishi mumkin, ammo uning «Old Trafford»ga yo‘l olishi aqlga sig‘maydi aslo.

Garri Maguayr «Manchester Siti»da. Nega mumkin emas? Birinchidan, Manchester klublari o‘rtasida kuchli ziddiyat bor. Ikkinchidan, «shaharliklar» bu himoyachini olishmaydi, baribir.

Pyer-Emerik Obameyang «Tottenxem»da. Hammasi oddiy: Sharqiy Londonda Abubaning «kanonircha» o‘tmishini hamma yaxshi eslaydi.

Joau Kanselu «Borussiya» (Dortmund)da. Portugaliya himoyachi «Bavariya»da yangi futbolchi, shunday bo‘lsada, uning «Dortmund»­ga yuzlanishi mumkin emas.

Lautaro Martines «Milan»da. Argentinalik hujumchi Milanda, «rossonerlar» bazasidan bir qadam narida. Shunday bo‘lsada, Lautaroni «Milan»da kutishdan ma’no yo‘q.

Luka Modrich «Barselona»da. Xorvatiyalik «qarimas» yarim himoyachi faoliyatini «Real»da yakunlash niyatida. Bordiyu, «Mad­rid»da Lukani ortiqcha ko‘rishsa ham, u «Barsa»ga xizmat qilishni o‘ziga ep ko‘rmaydi.

Joau Felish «Arsenal»da. Tasavvurdan nariga o‘tmaydigan yana bir o‘tish. Barchasiga portugaliyalikning «Chelsi»dagi qisqagina faoliyati sabab...

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 13:33, 01.07.2023.
O'qildi: 4480 marta.
Fikrlar: 19 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.