Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/06 01:00 Niderlandiya 2-2 Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar 1-0 Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya 5-1 Tunis
15/06 21:00 Ispaniya 0-0 Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya 1-1 Misr
16/06 03:00 Saudiya Arabistoni 1-1 Urugvay
16/06 06:00 Eron - Yangi Zelandiya
16/06 23:59 Fransiya - Senegal
17/06 03:00 Iroq - Norvegiya
17/06 06:00 Argentina - Jazoir
17/06 09:00 Avstriya - Iordaniya
17/06 22:00 Portugaliya - Kongo DR

Jekson: "Chelsi"dek katta klubda o‘ynashni orzu qilganman"

Jekson: "Chelsi"dek katta klubda o‘ynashni orzu qilganman"

Baho:
+ | -

Senegallik hujumchi Nikolas Jekson "Vilyarreal"dan "Chelsi"ga o‘tishi haqida fikr bildirdi.

Futbolchi "Chelsi"dek katta klubga o‘tishni juda xohlaganini tan oldi. Jeksonning so‘zlariga ko‘ra, London klubiga o‘tish imkoniyati paydo bo‘lganida, u tanloviga shubha qilmagan.

"Men katta jamoaga qo‘shilishni xohlardim va "Chelsi" dunyodagi eng yaxshi jamoalardan biri va men ularni bolaligimdan kuzatib kelaman. Demba Ba, Didye Drogba, Nikola Anelkanining o‘yinlarini tomosha qilganman. Bunday jamoada o‘ynash mening orzum bo‘lgan", - dedi Jekson "Chelsi" rasmiy saytiga.

Avvalroq, "Chelsi" 22 yoshli hujumchi uchun 37 million yevro to‘lashi haqida xabarlar tarqalgan edi. Eslatib o‘tamiz, Transfermarkt portali Senegal terma jamoasi futbolchisini 30 millionga baholamoqda. Jeksonning London klubi bilan shartnomasi 2031 yilgacha mo‘ljallangan.

Hujumchi o‘tgan mavsumda "Vilyarreal" safida 36 ta o‘yinda maydonga tushib, 13 ta gol urgan va 5 ta golga assistentlik qilgan.

Kiritildi: 15:40, 01.07.2023.
O'qildi: 1506 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик