Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/04 23:45 Lechche - Fiorentina
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem
21/04 22:00 Atletik Bilbao - Osasuna
21/04 22:00 Malyorka - Valensiya
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti

"Barselona"ni kuchaytirishi mumkin bo‘lgan 5 nafar erkin agent futbolchi

"Barselona"ni kuchaytirishi mumkin bo‘lgan 5 nafar erkin agent futbolchi

Baho:
+ | -

Iyul oyi keldi va Yevropada transfer oynasi ochildi. Shartnomasi tugagan futbolchilarning ba’zilari aslida jahon darajasidagi futbolchilardir.

Biz hozirda klubsiz qolgan eng yaxshilar ro‘yxatini tuzdik - ular orasida ko‘plab tanish nomlar bor.

Milan Shkrinyar

Inigo Martinesga muqobil bo‘lishi mumkin. Slovakiyalik markaziy himoyachi, shubhasiz, bozordagi eng yaxshi himoyachilardan biri. Biroq uning moliyaviy talablari Inigonikidan ko‘ra kattaroq bo‘ladi, chunki u parijliklarga o‘tishga yaqin turibdi.

Daichi Kamada

Yevropa ligasining 2021/22 yilgi mavsumida “Ayntraxt”ning “Barselona”ga qarshi o‘yinda yaponiyalik pleymeyker haqiqiy yulduzli davrlarini o‘tkazgan edi.

"Barsa" 26 yoshli futbolchini erkin agent sifatida o‘z safiga qo‘shib olmoqchi edi, ammo u hozirda "Milan"ga o‘tishga ancha yaqin.

Marko Asensio

Bir necha oy oldin ispaniyalik futbolchiga "Barsa" qiziqish bildirgandi. "PSJ" bilan barcha kelishuvlarga qaramay, 27 yoshli Asensio uzoq vaqtdan beri kelishuvning yakunlanishini kutmoqda. Kataloniyaliklarda futbolchini o‘ziga tortishga hali vaqt bor.

Vilfrid Zaxa

"Kristal Pelas"ning 30 yoshli afsonasi o‘rta toifadagi klubda o‘ynab, Premyer-ligada ko‘p mavsumlarda ajoyib natijalarga erishdi.

U yuqori saviyada yana bir necha yil o‘tkazishi mumkin, ammo hozir uning kelajagi qaysi jamoa bilan bog‘langani noma’lum. Unga Saudiyadan katta takliflar bor.

Roberto Firmino

"Liverpul" afsonasi o‘tgan mavsumda 13 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi, ammo uning faoliyatining cho‘qqisi o‘tib ketgani aniq. "Barsa" Firminoni Vitor Roke bilan kelishuv muvaffaqiyatsizlikka uchragan taqdirda o‘zining B rejasi deb hisoblagan. Bobbi Saudiya Arabistoniga ko‘chib o‘tishga tayyor va hozirda u takliflarni o‘rganmoqda.

Kiritildi: 13:55, 02.07.2023.
O'qildi: 7725 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик