Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/09 00:00 Selta 0-1 Atletiko
27/09 17:00 Qizilqum 1-0 Metallurg
27/09 17:30 Tailand 2-5 Fransiya
27/09 19:15 OKMK 1-0 Lokomotiv
27/09 23:45 Milan 3-0 Lechche
28/09 00:00 Valyadolid 1-2 Malyorka
28/09 16:30 Nyukasl - Manchester Siti
28/09 17:00 Xetafe - Alaves
28/09 17:00 Bunyodkor - Nasaf
28/09 18:00 Udineze - Inter
28/09 19:00 Arsenal - Lester
28/09 19:00 Brentford - Vest Xem
28/09 19:00 Everton - Kristal Pelas
28/09 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
28/09 19:00 Chelsi - Brayton
28/09 19:15 Rayo Valyekano - Leganes
28/09 21:00 Jenoa - Yuventus
28/09 21:30 Real Sosyedad - Valensiya
28/09 21:30 Vulverhempton - Liverpul
28/09 23:45 Bolonya - Atalanta
29/09 00:00 Osasuna - Barselona
29/09 15:30 Torino - Lasio
29/09 17:00 Selta - Jirona
29/09 18:00 Roma - Venetsiya
29/09 18:00 Komo - Verona
29/09 18:00 Ipsvich - Aston Villa
29/09 19:15 Atletik Bilbao - Sevilya
29/09 20:30 Man. Yunayted - Tottenhem
29/09 21:00 Empoli - Fiorentina
29/09 21:30 Betis - Espanyol
29/09 23:45 Napoli - Monsa
30/09 00:00 Atletiko - Real Madrid

2023 yilda futboldan ketgan eng mashhur nomlar

2023 yilda futboldan ketgan eng mashhur nomlar

Baho:
+ | -

2023 yilning o‘ziga xos jihati shundan iboratki, aynan mana shu davrda ko‘plab yulduzlar futbolni tark etmoqda. Ular ichida sobiq "Barselona", "Arsenal" va "Real" futbolchilari bor. Ha, ba’zi, masalan Jaluiji Buffonga o‘xshash nomlar 40 dan oshganda ham o‘z yo‘lida davom etmoqda. Ammo ko‘pchilik faoliyatini tugatib qo‘yaqolishni afzal ko‘rmoqda. Quyida shularning eng mashhurlarini keltirib o‘tamiz.

Mesut O‘zil

Nemis futbolchisi o‘z avlodining eng yaxshi pleymeykerlaridan biri edi. O‘zilning ketishi bizni xafa qildi. Ko‘plar u hali futbolda ko‘p narsalarga erishishi mumkin deb hisoblardi. Hayratlanarlisi, O‘zil shuncha futbol o‘ynab, faqat bir bor liga titulini qo‘lga kiritadi. Nima bo‘lgan taqdirda ham 34 yoshli qahramonimiz zo‘rlardan biri bo‘lib qolaveradi. Axir, Jahon chempioni bo‘lgan futbolchini qanday yomon deyish mumkin? O‘zil shu yilning mart oyida hamma bilan rasman xayrlashgandi.

Garet Beyl

Uels terma jamoasining sobiq sardori 2023 yilning yanvar oyida futboldan ketgandi. Bu haqida Beylning o‘zi shunday deydi: "Futbol menga hayotimdagi unutilmas lahzalarni taqdim etdi va men bundan minnatdorman". Hujumchi o‘zining pik davrida ko‘p ishga qodir edi. U "Real"da son-sanoqsiz sovrimlarni yutishga muvaffaq bo‘lgandi.

Shime Vrsalko

Xorvatiyalik himoyachi La-liga va Yevropa ligasi bosh sovrinini qo‘lga kiritgan. Afsuski, jarohatlar uning faoliyatiga to‘siq bo‘lgandi. Vrsalko 2018 yilgi mundial finalida Fransiyaga qarshi maydonga tushadi. U Xorvariya terma jamoasida 52 ta o‘yinda qatnashgan. 31 yoshli futbolchi "Olimpiakos"dan ketgach, faoliyatini tugatganini ma’lum qildi.

Fernando Lyorente

Ispaniyalik hujumchi butun faoliyatida 676 ta o‘yinda maydonga tushib, 200 dan ortiq gollar urgan. Lyorentening faoliyati asosan "Atletik Bilbao", "Yuventus" va "Tottenxem"da kechdi. O‘tgan mavsum oxirida "Eybar"dan ketib, yangi klub topa olmagach, Lyorente birato‘la futbolchilik faoliyatini yakunlab qo‘ya qoldi.

Emmanuel Adebayor

Mart oyida 39 yoshli Adebayor futboldan ketdi. "Real" va "Arsenal"ning sobiq hujumchisi so‘nggi damlarini Togoda o‘tkazgandi. Albatta, futbol ixlosmandlari Adebayorni sog‘inishadi. Negaki, u Ispaniya va Angliyada yorqin davrlarni boshdan o‘tkazgan.

Joau Miranda

Braziliyalik himoyachi o‘zining eng yaxshi davrlarini "Atletiko" va "Inter"da o‘tkazgan. 2023 yil avvalida Miranda butsalarni mixga ilish vaqti keldi degan qaror qabul qiladi. Xitoydagi qisqa faoliyatidan keyin, u Braziliyaning "San-Paulu" klubida harakat qiladi. U o‘sha yerda hammasiga yakun yasadi.

Zlatan Ibragimovich

Hamma narsaning yakuniga bor. Ammo biz futbol muxlislariga Ibragimovichning karyerasi abadiydek ko‘rinardi. Afsonaviy hujumchi 2022-23 yilgi mavsumni "Milan" bilan o‘tkazdi va o‘z futbolchilik faoliyatiga yakun yasadi. U ketishdan oldin shunday degandi: "Birinchi marta bu yerga kelganimda sizlar menga baxt ato etdingiz. Ikkinchi martasida esa – sevgi. Bugun sizlarga hammasi uchun rahmat aytmoqchiman. Iliq mehr va muruvvatingizni hech qachon unutmayman. Bugun men futbol bilan xayrlashayapman, sizlar bilan emas".

Sesk Fabregas

"Arsenal", "Chelsi" va "Barselona"ning sobiq yulduzi 36 yoshida ketishga qaror qildi. Fabregas oxirgi yilini Italiyaning ikkinchi divizionida o‘tkazdi. Uning maydondagi ajoyib harakatlari bizning yodimizda mangu qolajak. O‘z faoliyatida barcha sovrinlarni qo‘lga kiritgan futbolchini, bir kun kelib murabbiy bo‘lishiga umid qilamiz.

 

 


ISMATOV J.

Manba: planetfootball.com
Kiritildi: 19:05, 02.07.2023.
O'qildi: 4815 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.