Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/01 00:45 Milan 1-0 Lechche
19/01 01:00 Real Sosyedad 2-1 Barselona
19/01 22:30 Cremonese 0-0 Verona
20/01 00:45 Lasio 0-3 Komo
20/01 01:00 Elche 2-2 Sevilya
20/01 01:00 Brayton 1-1 Bornmut

Kilian Mbappe “Real”ga o‘tsa, chap qanot hujumidan boshqa istalgan nuqtada o‘ynashi mumkin bo‘ladi

Kilian Mbappe “Real”ga o‘tsa, chap qanot hujumidan boshqa istalgan nuqtada o‘ynashi mumkin bo‘ladi

Baho:
+ | -

“PSJ” hujumchisi Kilian Mbappe “Real”ga o‘tsa, chap qanotdan boshqa istalgan nuqtada to‘p surishi mumkin bo‘ladi.

AS nashrining xabariga ko‘ra, Madrid klubi Vinisius Juniorning jamoadagi o‘rnini hurmat qiladi. Shu sababdan “qaymoqranglilar” Mbappe bilan shartnoma imzolasa, chap qanot hujumidan boshqa istalgan nuqtada o‘ynashi mumkin bo‘ladi, u pozisiya Vinisius Junior uchun ajratilgan.

2022 yilning kuzida braziliyalik futbolchi “Real” bilan 2027 yilga qadar mo‘ljallangan shartnoma imzolagani ma’lum bo‘lgandi. Vinisiusning tovon puli 1 milliard yevro etib belgilangan. Biroq “Real” ushbu bitimni rasman e’lon qilmagan.

Vinisius Junior 2022/23 yilgi mavsum La Ligada 33 ta o‘yinda ishtirok etib, 10 ta gol va 9 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Ma’lumot uchun, madridliklar Kilian Mbappe uchun 200+20 million yevro taklif qilgan, biroq parijliklar 250+50 million yevro talab qilgandi. Angliyaning “Liverpul” klubi ham fransiyalik futbolchi uchun kurashga kirishgani xabar qilingandi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 18:39, 04.07.2023.
O'qildi: 6205 marta.
Fikrlar: 9 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.