"Lids Yunayted" futbolchisi La-ligaga yo‘l oladi. Xabarlarga ko‘ra, jamoa yarim himoyachisi Mark Roka "Real Betis"dan kelgan taklifni qabul qilishga tayyor ekanini bildirgan.
Rokaga Chempionshipda o‘ynash ma’qul emas. Shu sababli u Ispaniyaga qaytib ketishni afzal ko‘rmoqda. "Espanyol" tarbiyalanuvchisi ayni damda 20 million yevroga baholanmoqda.