Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Eden Azardan «tepki» yegan «Bolboy» tarixi

Eden Azardan «tepki» yegan «Bolboy» tarixi

Baho:
+ | -

2013 yil 23 yanvar. Uelsning «Suonsi» klubi shu kuni Angliya Liga kubogi yarim finalida «Chelsi» bilan to‘qnash keldi va g‘alaba evaziga o‘z tarixida ilk marta turnirning hal qiluvchi bahsida o‘ynash huquqini qo‘lga kiritdi. Biroq ertasiga OAVda kamtarin klubning yutug‘i haqida umuman yozilmadi hisob. Chunki boshqa bir voqealik diqqat markaziga tushgandi...

O‘sha yarim finalni eslasak, final hushtagi yangrashiga chamasi 10 daqiqa qolgan vaqt «Chelsi» hujumi payti to‘p maydon chetiga chiqib ketdi. Tabiiyki, shu atrofda turgan Eden Azar o‘yin tezroq davom ettirilishini istadi va to‘pni raqib darvozaboniga olib berish uchun uning ortidan yugurdi. Biroq 17 yoshli «bolboy» Charli Morgan to‘pni berishni xohlamadi. Oxir-oqibat, belgiyalik futbolchi o‘zini iroda etolmay, bolani ohista tepib yubordi. Yana bir necha soniyadan keyin bosh hakam Kris Foy yarim himoyachiga o‘z harakatiga yarasha «nasiba» ulashdi - qizil kartochka. Azar buning ortidan 3ta o‘yinga diskvalifikaciya qilinganini ham eslatish kerak. Charli esa o‘yindan keyin otasi bilan birga intervyu berib, Eden-ning xatti-harakatiga nisbatan qandaydir da’vo shikoyati yozmasligini ma’lum qildi. Belgiyalik futbolchi ham «bolboy» bilan gaplashib, hammasini tushuntirganini ta’kidladi. «To‘g‘risi, «bolboy» emas, to‘pni tepishni o‘ylagandim. O‘xshovsiz harakatim uchun uzr so‘rayman. Charli o‘yindan keyin «Chelsi» kiyinish xonasiga bosh suqdi va u bilan tezda chiqishib ketdik. O‘zidan ham uzr so‘radim, u esa qaysarlik qilganini tan oldi. Shu bilan mojaro yopildi», - deya intervyu berdi Eden klub telekanaliga.

Voqelik effektiga kelsak, shundan so‘ng atigi bir necha soat ichida Charlining «Tvit­ter»dagi sahifasiga 100 ming­dan ko‘proq odam yozildi. Shu asnoda notanish o‘smir qo‘qqisdan mislsiz mashhurlikka erishdi. Xo‘sh, o‘sha Charli hozir qanday yumushlar bilan band? Javob ko‘pchilikni hayrat ko‘chasiga yetaklashi turgan gap. Diqqat qiling, The Sunday Times jurnalining talqiniga ko‘ra, sobiq «bolboy» yaqinda Buyuk Britaniyaning 35 yoshgacha bo‘lgan eng boy odamlari ro‘yxatiga kiritildi. Ayni payt umumiy boyligi 55 million funtga baholanayotgan Charli Morgan bu reytingda hattoki, Garri Keyn va model Kara Delevindan ham yuqorida. Qoyilmisiz? Yo‘q, u Azar «tepki»si ortidan bo­yib ketmadi, albatta. Chunonchi, Charli bolalik do‘sti Jekson Kuinn bilan hamkorlikda oltin tusli shishalarda sotiladigan yuqori sifatli ichimliklarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan. «Britaniya an’analari va hashamatli qo‘shimchalarni birlashtirgan holda, chindan ham, ajoyib ultra-premium ichimlik yaratdik. Oltin tusli shisha - bu brend belgisi. Mahsulotlarimiz individual uslubni afzal ko‘radiganlarga mo‘ljallangan», - deyiladi Charliga tegishli kompaniya saytida berilgan izohda.

Xullas, Charli va uning do‘s­ti biznesda o‘z yo‘llarini topib ulgurishdi. Deylik, ular o‘z mahsulotlari reklamasiga boks afsonasi Floyd Meyvezerni ham jalb etishdi.  Dunyodagi eng mashhur blogerlardan biri Jeyk Polni esa hattoki, kompaniya logotipini o‘z badaniga tatuirovka shaklida bosdi. Ma’lumotlarga qaraganda, ikki hamkor birgina 2020 yili 1,7 million shisha ichimlik sotdi - bu koronavirus pandemiyasi davri uchun ajoyib ko‘rsatkich. Natijada Suonsidagi kichik ofisda ish boshlagan kompaniya bir yil ichida Buyuk Britaniyaning eng yirik premium brendlaridan biriga aylandi. Endilikda Morganning mahsulotlari jahonning 40tadan ko‘p mamlakatida sotilmoqda. To‘g‘ri, shu joyda ta’kidlash kerak, Charli biznesda mustaqil ravishda katta muvaffaqiyatga erishgandir, ammo ota-onasidan ozgina yordam olganini inkor etish qiyin. Binobarin, uning otasi Martin Morgan mehmonxonalar tarmog‘i sohibi sanaladi (katta Morganning umumiy boyligi 10 million funt sterlingga baholanmoqda ayni payt).

D.ALIMOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 22:47, 04.07.2023.
O'qildi: 3419 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.