Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/08 19:00 Surxon - So‘g‘diyona
13/08 19:00 Andijon - Neftchi
13/08 20:30 Buxoro - OKMK
14/08 19:00 Navbahor - Bunyodkor
14/08 20:00 Dinamo - Xorazm
14/08 20:30 Qizilqum - Mash’al

"Manchester Yunayted" bugun Mauntni tanishtiradi

"Manchester Yunayted" bugun Mauntni tanishtiradi

Baho:
+ | -

"Chelsi" yarim himoyachisi Meyson Maunt tez orada "Manchester Yunayted"ning yangi futbolchisi sifatida tanishtiriladi.

24 yoshli futbolchi allaqachon videomurojaatini e’lon qilib, "aristokratlar" safidagi faoliyatini yakunlaganini va "ko‘klar" muxlislari bilan xayrlashgani haqida ma’lum qilgan. Nufuzli insayder Fabrisio Romanoning so‘zlariga ko‘ra, "Manchester Yunayted" chorshanba kuni ertalab Mauntning kelishuvini rasman tasdiqlaydi.

Meyson Maunt 2005 yildan beri "Chelsi" tizimida harakat qilib kelayotgandi. Yarim himoyachi Niderlandiyaning "Vitess" va Angliyaning "Derbi Kaunti" klublariga ijaraga berilganidan tashqari, o‘z klubini tark etmadi. Umuman olganda, futbolchi barcha musobaqalarda "Chelsi" asosiy jamoasi safida 195 o‘yinda maydonga tushib, 33 ta gol va 37 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Kiritildi: 00:58, 05.07.2023.
O'qildi: 1933 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик