Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/07 06:00 Argentina 1-1 Ekvador
05/07 21:00 Ispaniya - Germaniya
06/07 00:00 Portugaliya - Fransiya
06/07 06:00 Venesuela - Kanada
06/07 21:00 Angliya - Shveysariya
07/07 00:00 Niderlandiya - Turkiya

Barcha davrlarning eng omadsiz transferlari (top-10)

Barcha davrlarning eng omadsiz transferlari (top-10)

Baho:
+1 | -

Yozgi transferlar oynasi o‘rtasiga yetib kelyapmiz. Hozirga qadar ba’zi klublar katta-katta xaridlarga qo‘l urishdi. Masalan, "Real Madrid" "Borussiya Dortmund"dan Jud Bellingemni olib kelishga 115 million funt harajat qildi. Kay Xavers Londonning boshqa jamoasiga o‘tish orqali "Chelsi"ga 65 million funt foyda keltirdi. "Liverpul" "Leypsig" yarim himoyachisi Dominik Soboslai uchun 60 million funt sarmoya kiritdi. "Nyukasl" esa "Milan" yulduzi Sandro Tonalini 55 million funt evaziga APLga jalb etdi. Nima deb o‘ylaysiz, bu futbolchilarning qaysi biridir yangi jamoalarida muvaffaqiyatsizlikka uchraydimi?
The Sun Football nashri 2000 dan oshiq muxlislar o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazdi. Ularga barcha davrlarning eng sharmandali transferi kim degan savol berilgan. Javob esa quyidagicha bo‘ldi...

"MYU" sardori Xarri Maguayr 2019 yilda "Lester Siti"dan 80 million funt evaziga xarid qilingan edi. Aynan u hozirgi omadsizlar ro‘yxatini boshqarib turibdi.
Pol Pogbaning 2016 yilgi Angliyaga qaytish ham ro‘yxatni yuqori pog‘onasida turibdi. "MYU" yarim himoyachini qayta sotib olish uchun 89.3 million funt sarflagandi. "Liverpul"ning 2011 yilda hujumchi Endi Kerollni olib kelishi 35 million funtlik xarid sifatida omadsizlarning uchinchi pog‘onasidan joy oldi. Qolganlar nomlar ham vaqtida anchagina shov-shuvga sabab bo‘lgan edi. Masalan, Ali Dianing 1996 yilda "Sautgempton"ga qo‘shilishi, Eden Azar "Real" tomonidan 150 million funtga xarid qilinishi, "Chelsi" 15 million evaziga sotib olgan 2003 yildagi Adrian Mutu ham ro‘yxatda bor. Shuningdek, top o‘ntalikni Fernando Torresning "Chelsi"ga ko‘chishi, Axel Di Mariyaning "MYU" kelishi hamda "Reynjers"ning Joy Bartonni xarid qilishi to‘ldirgan.

Futbol muxlislari omadsiz transferlardan tashqari, eng yaxshi deb hisoblaganlariga ham ovoz bergan. Ular ichida Erling Xolandning "Manchester Siti"ga safari yetakchilik qilmoqda. "Borussiya Dortmund" o‘z hujumchisini 2022 yilning yozida 51.2 million funt evaziga sotgandi. Qolganlar o‘rinlarda Tyerri Anri ("Yuventus"dan "Arsenal"ga, 1999), Muhammad Saloh ("Roma"dan "Liverpul"ga, 2017) va Diyego Maradona ("Barselona"dan "Napoli"ga, 1984) keltiriladi.
Angliyaning o‘zida eng foydali transferlar qiladigan jamoa sifatida "Manchester Siti" e’tirof etildi. Eng omadsiz nomi esa "Chelsi"ga tegishli. Shotlandiyada muvaffaqiyatli transferlar klubi "Seltik" bo‘lsa, uning aksi sifatida muxlislar "Reynjers"ni ko‘rsatgan.

Joriy yozgi transferlar oynasida jamoasini yangilash shart bo‘lgan futbolchilar ichida eng katta ulush Xarri  Keynga tegishlidir. 32 foiz ovoz beruvchilar ingliz hujumchisini "Tottenxem"dan ketib, yangi klub topishini yoqlagan. Ikkinchi o‘rinni bu borada Xarri Maguayr egalladi. 28 foiz ovoz uni "MYU"ni tark etishini istagan.
APL klublariga muxlislik qiladigan ovoz beruvchilarning 71 foizi o‘z jamoasiga ko‘proq sarmoya kerakligini ta’kidlaydi. Ular jamoasiga eng kerakli pozisiya futbolchisi sifatida avvalo markaziy hujumchini (37 foiz), keyin esa hujumkor yarim himoyachisini (33 foiz) va markaziy himoyachini (29 foiz) biladi.

 

 

 


ISMATOV J.

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 10:01, 06.07.2023.
O'qildi: 3002 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.