Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti 0-1 Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya 2-0 Turkiya
14/06 22:00 Germaniya 7-1 Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya 2-2 Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar 1-0 Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya 5-1 Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr
16/06 03:00 Saudiya Arabistoni - Urugvay
16/06 06:00 Eron - Yangi Zelandiya
16/06 23:59 Fransiya - Senegal

OFK Hakamlar qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

OFK Hakamlar qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: OSIYO
Rukn: Yangiliklar

Kuala Lumpur shahrida OFK Hakamlar qo‘mitasining yig‘ilishi o‘tkazildi. Bu haqda tashkilotning rasmiy sayti xabar bermoqda. Yig‘ilishda qo‘mita a’zolari, xususan, O‘FA birinchi vise-prezidenti, OFK Hakamlar qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Ravshan Irmatov ham ishtirok etdi.

Qayd etilishicha, unda Osiyo Futbol Konfederasiyasining 2023-2027 yillarga mo‘ljallangan va jahon standartlariga asoslangan Osiyoning hakamlik tamoyillari yana bir bor tasdiqlandi. Hani Taleb Al Raisi boshchiligida Qo‘mita “AFC Video Match Officials” rasmiylari guruhini tashkil etishni ma’qulladi. Ushbu guruhga OFK musobaqalaridagi hakamlarning faoliyatini yanada jiddiyroq va aniqroq baholashni ta’minlash vazifasi yuklanadi.

Shuningdek, qo‘mita a’zolariga OFKga a’zo assosiasiyalarning 2025-2026 yillarga mo‘ljallangan xalqaro hakamlar kvotalari hamda OFKning 2023-2027 yil uchun hakamlarni tayinlash bo‘yicha quyi qo‘mitasi a’zolari haqida ham ma’lumot berildi. Yaqinlashib kelayotgan Osiyo chempionatiga hakamlarning tayyorgarlik rejalari ham muhokama qilindi.

O‘tgan yilning oktyabr oyidan boshlab OFK rasmiylari 2022 yilda Marokashda o‘tgan Klublar o‘rtasidagi JCH, 2022 yilda Hindistonda bo‘lib o‘tgan U-17 ayollar o‘rtasidagi JCH hamda Qatarda bo‘lib o‘tgan JCHning hal qiluvchi uchrashuvlariga tayinlov olishgan.

OFK hakamlar akademiyasi, “AFC Refereeing STAR” dasturi, OFK a’zo assosiasiyalari hakamlik boshqaruvi loyihasi bilan bir qatorda o‘tgan yilning noyabr oyidan boshlab Osiyo hakamlari uchun ko‘plab seminarlar tashkil etildi. Qo‘mita onlayn murabbiylik mashg‘ulotlarining ta’sirini ham yuqori baholadi, 2022 yilda joriy etilganidan beri a’zo assosiasiyalar uchun 107 ta virtual murabbiylik sessiyalari o‘tkazildi.

Kiritildi: 10:23, 06.07.2023.
O'qildi: 965 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик