Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Real"da Mbappe uchun 200 million yevro tayyor

"Real"da Mbappe uchun 200 million yevro tayyor

Baho:
+ | -

Madridning “Real” klubi “PSJ”dan Kilian Mbappe transferi bo‘yicha yirik taklif bilan chiqishga tayyor.

Jurnalist Xosep Pedrerol El Chiringuito telekanaliga bergan intervyusida "Real Madrid" hujumchi uchun 200 million yevro berishga tayyorligini aytdi.

"Real Madrid" prezidenti Florentino Peres va Mbappe 2024 yilning yozida bepul transfer bo‘yicha kelishuvga erishgan edi. Biroq Kilianning Parij klubiga yo‘llagan maktubi va fransuz klubining signallari hujumchining transferi bo‘yicha muzokaralar yozda ham qizg‘inlashganiga sabab bo‘ldi.

"Men faqat "Real"ning rejasini ochib bera olaman. Ular Kilian Mbappe "PSJ"ga shartnomani uzaytirmasligini yana aytguncha kutishadi. Ular "PSJ" bilan muzokara olib borishmaydi. Mbappening onasi shartnoma uzaytirilmasligini tasdiqlagach, "Real Madrid" "najotkor" rolini o‘z zimmasiga oladi.

Ayni paytda 200 million yevro tayyor”, - dedi Pedrerol.

AS gazetasi, 200 million yevro boshlang‘ich narx ekanligini yozmoqda. Qayd etilishicha, Mbappe faqat "Real"ga o‘tmoqchi va bu madridliklarga muzokaralarda yordam berishi mumkin. Transfer oynasi yopilishi bilan parijliklarning moliyaviy talablari kamayishi mumkin.

Kiritildi: 14:01, 06.07.2023.
O'qildi: 3688 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.