Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/11 17:00 Xitoy - Yaponiya
19/11 17:00 Indoneziya - Saudiya Arabistoni
19/11 17:00 KXDR - O‘zbekiston
19/11 19:00 Falastin - Janubiy Koreya
19/11 19:00 Qirg‘iziston - Eron
19/11 21:00 Ummon - Iroq
19/11 21:00 BAA - Qatar
19/11 23:15 Bahrayn - Avstraliya
19/11 23:15 Kuvayt - Iordaniya

"Manchester Yunayted"ni kim yaxshilaydi: De Xea o‘rniga darvozabonmi yoki sifatli hujumchi?

"Manchester Yunayted"ni kim yaxshilaydi: De Xea o‘rniga darvozabonmi yoki sifatli hujumchi?

Baho:
+ | -

Erik ten Xag xursand “Manchester Yunayted” nihoyat “Chelsi”dan Meyson Mauntning transferini sotib oldi. Top-futbolchini sotib olish uchun bor-yo‘g‘i 64,2 million yevro sarflangan. "Men sizni ushbu jamoa uchun juda muhim o‘yinchi bo‘lishingizni istayman", - dedi Ten Xag taqdimotda.

Endi jamoada bitta bosh og‘rig‘i kamroq, ammo tarkib bilan bog‘liq muammolar hali ham yetarlicha. Ushbu materialda biz yana qanday pozisiyalar mustahkamlanishi kerakligini ko‘rib chiqamiz. Asosiy taktika sifatida 4-3-3 yoki a4-2-3-1 ni olish mumkin.

Markaziy hujumchi bilan shartnoma imzolash kerak

2022/2023 yilgi mavsumda "Manchester Yunayted" vaqti-vaqti bilan hujumdagi inqirozni boshdan kechirdi, ayniqsa Markus Reshford o‘ynamaganida. Barcha musobaqalarda 30 ta gol urganiga qaramay, markaziy hujumchi o‘rni unga to‘g‘ri kelmaydigandek. Chap qanotdagi erkin zonalar Markus uchun yanada ijobiy muhitga o‘xshaydi.

Ten Xagga gol urish uchun mashina kerak, hujumchi esa yaratilayotgan loyihaga mos kelishi kerak. Hujumchiga bo‘lgan talablar ham yuqori: samaradorlik, pressing, rollarni o‘zgartirishga tayyorlik (masalan, Reshford bilan o‘zgarish). Agar u tezkor va yosh
forvard bo‘lsa, bu yana-da yaxshi, degani.

“Manchester Yunayted” ko‘z ostiga olib qo‘ygan variantlar yetarlicha:

Viktor Osimxen, “Napoli';

Gonsalu Ramush, “Benfika”;

Randal Kolo Muani, “Ayntraxt Frankfurt';

Rasmus Xeylund, “Atalanta”

Mehdi Taremi, “Porto”.

Boshqa pozisiyaga ham o‘yinchi kerak

Hozirgi "Manchester Yunayted"da beshta haqiqiy almashtirib bo‘lmaydigan o‘yinchilar bordir: Lisandro Martines, Kazemiro, Brunu Fernandesh, Markus Reshford plyus, ehtimol, Meyson Maunt. Qolganlari kamroq eksklyuziv rollarga va yoki raqobatchilarga ega. Ehtimol, Ten Hag o‘yinchilarni yangi asosiy sxemaga qarab tanlaydi.

Yangi darvozabon bilan shartnoma imzolash kerak

Darvozabon ten Xag tizimidagi eng muhim hujum bo‘g‘inidir. Niderlandiyalik murabbiy o‘tgan mavsumda David de Xeani oyoqlari bilan ko‘proq o‘ynashga majburlash qildi.

Agar "Yunayted"da aniq to‘p uzatishga qodir darvozabon bo‘lsa, bu zanjir bo‘ylab butun jamoaga ta’sir qiladi: himoya chizig‘i yuqoriga ko‘tariladi - qarshi pressing samaradorligi yaxshilanadi. To‘pni tezroq qaytarish orqali siz bo‘sh joydan foydalanishingiz va hujumlarni erkin zonalarga tarqatishingiz mumkin.

De-fakto Premyer-ligadagi 1-raqamli darvozabon de Xea bo‘lib qolmoqda. Ha, qonuniy ravishda ispaniyalik shartnomaga ega emas, ammo yangi shartnoma bo‘yicha kelishib olish mumkin, ammo bu kerakmi?

Darvozabon pozisiyasiga nomzodlar:

Andre Onana, “Inter”;

Jastin Beylo, “Feyenoord”;

Diogu Koshta, “Portu”;

Gregor Kobel, "Borussiya D";

Jordan Pikford, “Everton”.

Maydondagi rang-baranglik uchun markaziy yarimhimoyachi bilan shartnoma imzolash kerak

Kazemiro + Maunt + Brunu - qo‘rqinchli ismlar! Ammo, agar asosiy uchtasi bilan hamma narsa aniq bo‘lsa, unda zaxira juda zaif. Ayniqsa, qo‘llab-quvvatlash zonasiga nisbatan. Kazemiro formatidagi yarimhimoyachining "Manchester Yunayted" uchun qanchalik muhimligi braziliyalikning qizil kartochkalar tufayli majburiy "dam olish" davrida sezilib turdi.

Skott MakTominay bunday rol uchun juda zaif, Fred butun ishni qamrab ololmaydi. Kobi Maynda ajoyib iqtidor bordek tuyuladi, lekin u 18 yoshda va endigina asosiy tarkibga kirgan.

Maydon markazini kuchaytirish uchun variantlar:

Sofian Amrabat, “Fiorentina”;

Romeo Lavia, “Sautgempton”;

Amadu Onana, “Everton”.

O‘ng qanot himoyachisi jamoaga juda kerak

Diogo Dalot, Aaron Van-Bissaka, yosh Mark Xurado ushbu pozisiyada o‘ynaydi. O‘ng qanotdagi himoyada variantlar yetarliga o‘xshaydi, lekin har bir futbolchi haqida savollar bor. Dalot himoyada unchalik yaxshi emas va ko‘p jarohat oladi. Bissaka himoyada zo‘r o‘ynaydi, lekin hujumda kamchilikka yo‘l qo‘yadi. Xuradoda esa umuman tajriba yo‘q.

Ideal holda, o‘ngdagi himoyachi chapdagi Lyuk Shou bilan bir xil o‘yin ko‘rsatishi kerak.

O‘ng qanot himoyasini yaxshilashga variantlar:

Jeremi Frimpong, “Bayer” Leverkuzen;

Benjamin Pavar, “Bavariya”.

“Manchester Yunayted” oldiga katta maqsadlar qo‘yar ekan, yuqorida sanab o‘tilgan pozisiyalarda, albatta, yaxshilanishi kerak.

Kiritildi: 14:35, 07.07.2023.
O'qildi: 2764 marta.
Fikrlar: 16 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.