Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted - Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa

O‘zbekiston terma jamoalari murabbiylari OFK va FIFA turnirlarida to‘plangan tajribalari bilan bo‘lishdilar

O‘zbekiston terma jamoalari murabbiylari OFK va FIFA turnirlarida to‘plangan tajribalari bilan bo‘lishdilar

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

2023 yil O‘zbekiston terma jamoalari Osiyo kubogi kabi yirik musobaqalarda munosib ishtirok etib, FIFA Jahon chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdilar.

Musobaqalar davomida murabbiylar, mutaxassislar hamda soha vakillari tajriba orttirib bordilar. Endigi vazifa mazkur tajribani yosh murabbiylar bilan bo‘lishish hamda o‘zaro fikr almashib, kelgusi rejalarni muhokama qilishdan iborat.

Bugun O‘FA rahbariyati va terma jamoalar murabbiylari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi. Ochiq muloqot shaklida o‘tgan uchrashuv avvalida Ravshan Irmatov keyingi yillarda terma jamoalarni rivojlantirish bo‘yicha yondashuv o‘zgarganini aytib, murabbiylarimiz o‘zaro birgalikda ishlash, yagona futbol falsafasini singdirish, futbol mentalitetidan kelib chiqib asosiy yo‘nalishlarni belgilab olishlari kerakligini ta’kidlab o‘tdi.

O‘FA birinchi vise-prezidenti Ravshan Irmatov tadbirda so‘zga chiqdi:

— Oxirgi yillarda terma jamoalarimiz faoliyatini to‘g‘ri va tizimli tashkillashtirish yuzasidan katta qadamlar tashlandi. Biroq biz yo‘lni boshidamiz, oldimizda qilishimiz kerak bo‘lgan ishlarimiz ko‘p. 

Har bir musobaqadan so‘ng murabbiylarimiz o‘zaro yig‘ilib, o‘tgan o‘yinlarni tahlil qilishlari, olingan tajribani bo‘lishishlari, raqib jamoalar va ularning o‘yin uslublari haqida fikr almashishlari kerak. Bu barcha murabbiylar uchun foydali bo‘ladi. 

Murabbiylar tomonidan oldindagi rejalarimiz muhokama qilinib borilsa, o‘zaro bog‘liq holda yagona maqsad uchun ishlansa, sifat yanada yaxshilanadi. 

Yoshlarimiz va o‘smirlarimiz o‘tgan Osiyo kubogida munosib ishtirok etdilar. Jahon chempionatida orttirgan tajribamiz tufayli Indoneziyada o‘tadigan mundialga tashkiliy, texnik-taktik, jismoniy, ruhiy va farmakologik jihatdan yanada yaxshi holatda yetib boramiz, deb o‘ylayman.

Muloqot davomida O‘FA vise-prezidenti Odil Ahmedov ham o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi:

— Bizda iqtidorli futbolchilar juda ko‘p, ularni kashf qilish esa eng muhim va dolzarb vazifamiz. Shu sababli terma jamoa murabbiylari akademiya murabbiylari bilan aloqa o‘rnatgan holda bolalarning rivojlanish va o‘sish ko‘rsatkichlarini monitoring qilib borishlari kerak.  

Futbolni aldab bo‘lmaydi, shu sababli barchamiz o‘z ishimizga astoydil yondashib, o‘zaro tajriba almashib, birgalikda harakat qilsak, albatta ertaga natijasi bo‘ladi.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 22:37, 07.07.2023.
O'qildi: 1299 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.