Yarim himoyachi Tiagu Mendes “Lion”dan “Ar-Rayyan”ga o‘tdi. 31 yoshli braziliyalik Qatar klubi bilan ikki yillik shartnoma imzoladi.
Braziliyalik yarim himoyachi 2017 yilda Fransiyaga ko‘chib o‘tgandi. 2019 yilgacha u "Lill"da o‘ynagan, keyin esa "Lion"ga o‘tgan.
O‘tgan mavsumda Mendes barcha turnirlarda 34ta o‘yinda maydonga tushib, 1ta gol urdi va 1ta golli uzatmani amalga oshirdi.