Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/05 23:45 Torino - Sassuolo
09/05 00:00 Levante - Osasuna
09/05 16:30 Liverpul - Chelsi
09/05 17:00 Elche - Alaves
09/05 18:00 Kalyari - Udineze
09/05 19:00 Fulhem - Bornmut
09/05 19:00 Brayton - Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend - Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya - Espanyol
09/05 21:00 Lasio - Inter
09/05 21:30 Manchester Siti - Brentford
09/05 21:30 Atletiko - Selta
09/05 23:45 Lechche - Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad - Betis

Gyuler ijaraga ketmaslik sharti bilan "Real"ga o‘tgani ma’lum bo‘ldi

Gyuler ijaraga ketmaslik sharti bilan "Real"ga o‘tgani ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

Arda Gyuler asosiy jamoada o‘ynash kafolati tufayli "Real Madrid"ni tanladi.

6 iyul kuni turkiyalik yarim himoyachi 20+10 million yevro evaziga Madridga ko‘chib o‘tdi.

Marca nashri xabariga ko‘ra, futbolchi va uning oilasi ikki shart bilan "Real Madrid"ga o‘tishga rozi bo‘lgan: Gyuler mavsum davomida "Fenerbaxche"da ijara asosida qolmaydi va futbolchi transferdan so‘ng darhol boshqa klubga ijaraga berilmaydi.

Madridliklar bosh murabbiyi Karlo Anchelotti bu variantni ma’qulladi. Italiyalik mutaxassis 18 yoshli futbolchiga shaxsan qo‘ng‘iroq qilib, uni "Real Madrid"da ko‘rishini aytdi. Anchelotti Gyulerni yarim himoyada emas, jamoadan ketgan Marko Asensio roliga qo‘yib, hujumga yaqinroq pozisiyada o‘ynatmoqchi.

Bu shartlar evaziga "Real Madrid" Dortmundning "Borussiya", "Milan" va "Ayaks"dan o‘zib keta oldi. Ta’kidlanishicha, "Barselona" Gyulerni sotib olishga yaqin emas edi.

Kiritildi: 17:17, 08.07.2023.
O'qildi: 2483 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик