Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Joze Mourinyo o‘z jamoasida kimlarga joy yo‘qligini hal qildi.
«Qirollik klubi»dagi qayta qurish ishlari endigina boshlanmoqda va aynan portugaliyalik mutaxassis tarkibni shakllantirish masalasida asosiy qarorlarni qabul qiladi. Jurnalist Mario Kortexananing xabar berishicha, Mourinyoning rejalariga bir yo‘la uch nafar chap qanot himoyachisi – Ferlan Mendi, Fran Garsiya va Alvaro Karreras kiritilmagan, biroq ulardan oxirgisi, chamasi, baribir jamoada qoladi.
Shuningdek, murabbiy ketishni istamayotgan markaziy himoyachi Raul Asensioga ham umid qilmayapti. Yarim himoyachi Eduardo Kamavinganing o‘yini ham bosh murabbiyda yetarli taassurot qoldirmayapti.
Manbaning xabariga ko‘ra, «Manchester Yunayted» jiddiy da’vogarlik qilayotgan Orelyen Tchuamenining sotib yuborilishi ham istisno etilmaydi. Federiko Valverde esa, o‘z navbatida, sotilmaydi.













