Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/10 00:00 Leganes 0-0 Valensiya
05/10 16:30 Kristal Pelas 0-1 Liverpul
05/10 17:00 Espanyol 2-1 Malyorka
05/10 18:00 Udineze 1-0 Lechche
05/10 19:00 Arsenal 3-1 Sautgempton
05/10 19:00 Brentford 5-3 Vulverhempton
05/10 19:00 Lester 1-0 Bornmut
05/10 19:00 Vest Xem 4-1 Ipsvich
05/10 19:00 Manchester Siti 3-2 Fulhem
05/10 19:15 Xetafe 1-1 Osasuna
05/10 21:00 Atalanta 5-1 Jenoa
05/10 21:30 Las-Palmas 0-1 Selta
05/10 21:30 Valyadolid 1-2 Rayo Valyekano
05/10 21:30 Everton 0-0 Nyukasl
05/10 23:45 Inter 3-2 Torino
06/10 00:00 Real Madrid 2-0 Vilyarreal
06/10 14:00 Paxtakor 4-2 Dinamo
06/10 15:30 Yuventus 1-1 Kalyari
06/10 17:00 Jirona 2-1 Atletik Bilbao
06/10 17:30 Ukraina 7-1 Fransiya
06/10 18:00 Bolonya 0-0 Parma
06/10 18:00 Lasio 2-1 Empoli
06/10 18:00 Chelsi 1-1 Nottingem Forest
06/10 18:00 Aston Villa 0-0 Man. Yunayted
06/10 19:15 Alaves 0-3 Barselona
06/10 20:00 Braziliya 2-1 Argentina
06/10 20:30 Brayton - Tottenhem
06/10 21:00 Monsa - Roma
06/10 21:30 Sevilya - Betis
06/10 23:45 Fiorentina - Milan
07/10 00:00 Real Sosyedad - Atletiko

Kuchli beshlik chempionatlaridan tashqarida o‘ynaydigan eng qimmat futbolchilar: Messi shu yerda, Ronalduchi?

Kuchli beshlik chempionatlaridan tashqarida o‘ynaydigan eng qimmat futbolchilar: Messi shu yerda, Ronalduchi?

Baho:
+ | -

Dunyoning eng qimmat futbolchilari odatda Yevropada harakat qilishadi. "Real", "PSJ", "Manchester Siti", "Barselona"...
Bu ro‘yxatni uzoq davom ettirish mumkin. Ammo futboldagi hayot faqatgina Yevropa va kuchli beshlik chempionatlaridan iborat emas. Masalan, oxirgi paytlarda Portugaliya va Niderlandiya milliy ligalarining saviyasi ancha o‘sdi, u yerdan ko‘plab talantlar yetishib chiqmoqda. Lionel Messining MLS'ga ketishi ham bejiz emas. Amerikada ham futbol rivojlanmoqda. Oxirgi paytda Saudiya Arabistoni futbolda katta inqilob yasashga intilmoqda. Ronalduning O‘rta Sharqda o‘ynab yurgan va boshqa ko‘plab mega-yulduzlarning sharq tomon oqimi, shudan dalolat beradi. Xo‘sh, top-5 ligalarda harakat qilmaydigan yulduzlar va ularning eng qimmatlari kimlar? Quyida shu savolga javob topasiz.

10. Pedru Gonsalvesh – 32 million yevro

"Sporting" o‘tgan mavsumda ajoyib harakat qildi. Bu jamoa Yevropa ligasida "Arsenal"ni mag‘lub etgandi. Klubning eng yorqin vakili esa Gonsalvesh bo‘ldi. 24 yoshli yarim himoyachi fantastik darajaga ega. Shu sabab unga APL gigantlari qiziqmoqda.

9. Lionel Messi – 35 million yevro

Messi haqida ortiqcha gapirishning xojati yo‘q deb hisoblaymiz. Afsona o‘zi uchun qaror qabul qildi va Yevropani tark etdi. U MLS'da o‘zini urintirmasdan yursa ham bo‘laveradi. Afsuski, bu ro‘yxatga Messining azaliy raqibi bo‘lgan Ronaldu kira olmadi.

8. Otavio – 35 million yevro

Otavio 2014 yildan beri "Portu" sharafini himoya qilib keladi. Ammo yaqin-yaqindan boshlab yarim himoyachi ko‘zga ko‘rinishni boshladi. Shu sababdan 28 yoshli futbolchiga Saudiya Arabistonidan jiddiy takliflar kelmoqda.

7. Ibrahim Sangare – 35 million yevro

Sangarening yurti so‘nggi ikkita mundialda qatnashmadi. Ammo "PSV"dan ivuarlik talantlar chiqishda davom etmoqda. Bu terma jamoa hozir yuqori darajadagi yarim himoyaga ega. Seko Fofana, Frank Kessie va Sangare uchligiga istalgan terma jamoa havas qiladi. Ularning hammasi "PSV"da porlagan edi.

6. Edson Alvares – 35 million yevro

"Ayaks" uchun o‘tgan mavsum biroz omadsiz kechdi. Shunga qaramay, jamoadagi ayrim nomlar yaxshi harakat qildi. Shulardan biri Edson Alvaresdir. Meksika terma jamoasi a’zosi yarim himoyada muvozanatni ushlab turishda katta tajribaga ega. Shy sabab u tez orada Bundesligaga yo‘l oladi.

5. Orkun Kokchu – 35 million yevro

"Benfika"da yashirin iste’dodlarni topish va ularni tarbiyalash borasida boy tajriba bor. Shu sabab Lissabon klubi "Feyenoord"dan Kokchuni 25 million funtga sotib oldi. 22 yoshli futbolchi Niderlandiya chempioni sifatida Portugaliyaga keldi.

4. Ruben Nevesh – 40 million yevro

Nevesh hali Yevropada o‘ynashi mumkin edi. Unga "Arsenal", "Barselona" va "MYU" kabi klublar qiziqish bildirgan. Afsuski, portugaliyalik yarim himoyachi o‘z karyerasini arablar puliga almashtirib yubordi.

3. Muhammad Kudus – 40 million yevro

So‘nggi jahon chempionatida porlagan yulduzlardan biri Kudus bo‘ldi. U Gana bilan 3 ta bahsda 2 ta golga mualliflik qilgandi. 22 yoshli yarim himoyachiga "Brayton" va "MYU" jiddiy qiziqish bilan qaramoqda. Albatta, APLga kelish, futbolchi uchun katta qadam bo‘ladi.

2. Xavi Simons – 40 million yevro

Simons "PSV"da yorib chiqqan nomlardan biriga aylandi. U o‘z jamoasini Erdiviziya orqali YECHLga olib chiqdi. Hujumchi yosh bo‘lishiga qaramay, aqlli, texnikali va jasoratli. "PSJ" Simonsni 6 million funtga qayta sotib olish huquqiga ega.

1. Diyegu Koshta – 45 million yevro

Koshta kuchli beshlikdan tashqaridagi eng qimmat futbolchi nomiga ega chiqdi. U Portugaliya terma jamoasining asosiy darvozaboni sanaladi. 23 yoshli posbon xizmatlariga "MYU" va "Chelsi" qiziqish bildirgan. "Portu" esa uni 75 million yevroga baholamoqda.

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: planetfootball.com
Kiritildi: 18:43, 08.07.2023.
O'qildi: 2617 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.