Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/05 00:00 Kristal Pelas 4-0 Man. Yunayted
07/05 00:00 Lill 3-4 Lion
07/05 18:00 Paxtakor 4-3 Metallurg
07/05 19:00 OKMK 3-4 Nasaf
08/05 00:00 PSJ - Borussiya D
09/05 00:00 Real Madrid - Bavariya

Modrich, De Bryuyne, Myuller. Yevropa klublarining eski futbolchilari haqida

Modrich, De Bryuyne, Myuller. Yevropa klublarining eski futbolchilari haqida

Baho:
+2 | -

Kevin De Bryuyne, "Manchester Siti"

Belgiyalik futbolchi "shaharliklar" safida 9 yildan beri faoliyat olib boryapti. Avval "Chelsi"da porlashi kutilgandi, ammo unday bo‘lmadi. "Volfsburg"da u hujumga yaqin pozisiyada harakat qildi. Uning iqtidorini Pep Gvardiola ko‘ra oldi va Kevinni Manchesterga taklif qildi. De Bryuyne "Manchester Siti" tarkibida o‘zining haqiqiy pozisiyasini topdi va hozirda dunyoning eng kuchli hujumkor yarim himoyachisiga aylandi. Kevinga "Real"dan taklfi bo‘ldi, ammo u rozi bo‘lmadi hamda Manchesterda qolishni qaror qildi. Bu qarori ko‘p o‘tmay o‘zini oqladi, u jamoasi bilan yakuniga yetgan mavsumda trebl qayd etdi.

Real gotov podpisat Kevina de Bryuyne

Tomas Myuller, "Bavariya"

Futbolda u matonat va sodiqlik ramzi. Tomas "Bavariya"da 2009 yildan beri asosiy tarkibda o‘ynaydi. De Bryuyne kabi u ham o‘tmishda klubini o‘zgartirishi mumkin edi, lekin u Myunxenda qolishni afzal bildi. Klub Myuller bilan yana 1 yillik shartnoma imzoladi. Tuxel Tomas va Musiala tandemini hujamda sinab ko‘rmoqchi. To‘g‘ri, u ko‘p ham asosiy tarkibda tushmas, ammo Myuller o‘z ishining haqiqiy ustasi. U har mavsum ajoyib statistika ko‘rsatadi.

Tomas Myuller ustanovil rekord Superkubkov Germanii, sigrav v matche v 12-y  raz - Chempionat

Kepa Arrisabalaga, "Chelsi"

Aspilikuyeta ketganidan so‘ng, Baba va Ampadu "keksa futbolchilar"ga aylanishdi. Hozir ikkisi ham ijarada. Asosiy o‘yinchilardan Kepa ajralib turadi. "Chelsi"da ayni vaqtda kadrlar almashinuvi kechmoqda. Xadson Odoi va Pulishich ham jamoani tark etishga yaqin. 4 yildan beri asosiy tarkibda o‘ynab kelayotgan Ris Jeyms hozircha jamoada qolish niyatida. Abramovich va Boeli transferlari o‘rtasida ancha farq kuzatildi.

Vratar

Jordan Xenderson, "Liverpul"

Mersisaydliklar bu mavsum Makallister hamda Soboslayni sotib oldi. Klopp ayni damdagi jamoa sardorini zahira o‘rindig‘ida qoldirishi mumkin. Xendersonning amaldagi shatrnomasi 2025 yilgacha mo‘ljallangan. U klub safida 2011 yildan beri o‘ynab keladi. Albatta, u Jerrarddek bo‘la olmas, ammo Stivendan farqli ravishda Jordanda APL g‘olibligi bor.

Jordan Henderson optimistic over Liverpool's long-term prospects | The  Independent

Luka Modrich va Nacho Fernandes, "Real Madrid"

Luka "Tottenxemdan" kelgan, u Madrid klubidan minnatdor. Chunki "Real" bilan Modrich ko‘plab sovrinlarni yutdi. Nacho esa, "Real Madrid" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Qandli diabet bilan og‘rigan inson uchun uzoq vaqt davomida yuqori darajada o‘ynash — bu iroda. Fernandes hozirda jamoasi sardori. Modrich esa, uning yordamchisi. Ular 11 yildan ortiqroq asosiy tarkibda o‘ynashdi, ammo keyingi yil ikkisi ham klub bilan xayrlashishi mumkin.

Novim kapitanom «Reala» posle uxoda Benzema budet Nacho. Sport-Ekspress

Marko Verratti, PSJ

Parij klubida eski futbolchlar deyarli yo‘q. Verratti PSJni tark etishga urindi, ammo shayxlar uni ko‘ndirdi. Endi Marko yangi murabbiyining talablariga moslashishi kerak. Garchi u Fransiyadagi 11 yillik faliyatida hammani o‘ziga moslashtira olgan bo‘lsa ham. Peskaralik yigit yangi Pirloga aylanmadi. Lekin bir yildan so‘ng kelgan Markinyos bilan birga, u jamoaning asosiy futbolchisi bo‘ldi.

Verratti mojet uyti iz «PSJ» posle 11 let v klube. Favorit sredi  pretendentov – «Atletiko» - PSJ - Blogi - Sports.ru

Lyuk Shou, "Manchester Yunayted"

Bu jamoada De Xea lider edi, ammo "Manchester Yunayted" u bilan shartnomani uzaytirmadi. Ular Onana transferi bo‘yicha "Inter" bilan faol muzokara olib bormoqda. Milanliklar kameriunlik davrozabonning shartnomasi uchun ko‘p pul talab qilishsa-da, baribir ham transferga qarshi emas. MYUni tark etgan De Xea va Fil Jonssiz Shou jamoaning eski futbolchisi bo‘ladi. Lyuk uzoq vaqt oldin "Sautgempton"dan kelgan. Boshlanishi kutilayotgan mavsum Shou uchun 10-mavsum bo‘ladi.

Lyuk Shou podpishet noviy kontrakt s

Daniyele Rugani va Aleks Sandro, "Yuventus"

Rasmiy ravishda ro‘yxatda darvozabon Pinsolyo bor, ammo Karlo ko‘pincha ijaraga berib yuboriladi. Himoyachilar orasida Rugani va Sandro "keksa senyora"ning eski futbolchilaridir. Ular orasida Blnuchchi bo‘lishi mumkin edi, lekin Leonardo orada "Milan"da bir mavsumni o‘tkazdi.

4,188 Daniele Rugani Photos & High Res Pictures - Getty Images

Serxi Roberto, "Barselona"

Messi ketdi, Pike faoliyatini yakunladi. Alves qaytidan keyin qmoqqa tushdi. Xavi turli pozitsiyalarida sinab ko‘rgan Roberto eski futbolchiga aylandi. Alba va Buskets "Inter Mayami"ga borib qo‘shiladi. Ayni vaqtda "Barselona" faxriylari orasida Roberto, Ter Shtegen va Dembele kabi futbolchilar bor. Usmon klub bilan 6 yildan beri birga. Bu ro‘yxatning asil egalari Puyol, Iniyesta va Xavidir.

Barselona» vozobnovila peregovori o novom soglashenii s Serxio Roberto -  LiveResult

Rik Karsdorp va Lorenso Pellegrini, "Roma"

Franchesko Totti qani dersiz, u allaqachon "Roma" faxriysiga aylanib bo‘lgan. Ayni damda eski futbolchi maqomi himoyachi Karsdorp va "Roma" tarbiyalanuvchisi Pellegriniga tegishli. Ushbu ro‘yxatga yana bir necha futbolchilarni qo‘shsa bo‘ladi, ammo ular orasidan Lorenso ajralib turadi. Spinasola rimliklar safida bor-yo‘g‘i 4 yil o‘ynagan bo‘lsa-da, jamoaning asosiy o‘yinchisiga aylandi. "Bo‘rilar"da futbolchi almashinuvi murabbiy Mourinyo bilan amalga oshadi.

Karsdorp: 'Perfectly in sync with Abraham at Roma' - Football Italia

Alessandro Bastoni, "Inter"

Bastoni asosiy tarkibda 6 yil o‘ynadi. "Atalanta"dan kelgan va allaqachon "Inter"ning muhim futbolchisiga aylangan. Alessandro Shkrinyar kabi jamoani tark etishi mumkin edi, ammo "nerradzurilar" himoyachi uchun katta pul talab qiladi. Endigina 24 yoshni qarshilagan himoyachi ayni vaqtda "Inter"ning eski futbolchisi, ayniqsa Xandanovich ketganidan keyin.

Inter» ne mojet dogovoritsya s Bastoni | Futbol 24

Dushan Tadich, "Ayaks"

Ma’lum bo‘lishicha, Tadich "Ayaks"da eng ko‘p mavsum o‘tkazganlardan biri. Garchi Dushan Amsterdamda 5 mavsum o‘ynayotgan bo‘lsa-da. Deyli Blind va boshqa klub tarbiyalauvchilari jaoasini tez o‘zgartirgani uchun serbiyalik ajralib turadi. Edson Alvares va Muhummad Kudus klub safida 3 yildan oshiqroq o‘ynamoqda.

Forvard

Koke, "Atletiko Madrid"

Grizmann bu borada birinchi bo‘la olmadi, u 2014 yilda Madrid klubiga keldi, ammo "Barselona"ga o‘tdi. 2013 yilda kelgan Xose Ximenes ham variantlar qatorida bor. lekin jamoa bilan 2009 yildan buyon birga bo‘lib kelayotgan Koke Simeone jamoasining faxriy futbolchisi hisoblanadi.

Koke xochet prolongirovat kontrakt s «Atletiko» | Futbol 24

Marko Roys, "Borussiya Dortmund"

Jarohatlar girdobiga tushib qolgan iqtidor Jahon chempioni ham bo‘la olmadi. Ammo Roys begona emas, u Dortmundda tug‘ilgan. Afsuski futbolchi Germaniya chempioni ham bo‘la olmagan. Bahorda uning jamoasi o‘z qo‘llari bilan chempionlikni "Bavariya"ga topshirib qo‘ydi. Marko mag‘lubiyatni og‘ir qabul qildi va jamoa sardorligidan voz kechdi.

Marko Roys novosti - Ofisialno: Marko Roys prodlil kontrakt s dortmundskoy  «Borussiyey» do konsa sezona 2023/24 (27.4.2023) - Football-fun-live.com -  Novosti futbola 2023. Futbol, svejiye novosti segodnya. Futbol, novosti  segodnya Marko Roys.

Yevropa futbolida bunday futbolchilar ro‘yxatini yana bir qancha variantlar bilan davom ettirsa bo‘ladi. Ammo hozirga yetadi.

Manba: soccer.ru
Kiritildi: 19:18, 10.07.2023.
O'qildi: 3222 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.