"Barselona" darvozaboni Mark-Andre ter Shtegen bilan shartnomani 2028 yilgacha uzaytirish borasida muzokaralar olib bormoqda.
Avvalroq kataloniyaliklar 31 yoshli germaniyalik futbolchiga maoshi kamaytirilgan shartnoma taklif qilishayotgani ma’lum bo‘lgandi.
2022/23 yilgi mavsumda Ter Shtegen La Ligada 24 ta quruq o‘yin o‘tkazdi. Uning amaldagi shartnomasi 2025 yilgacha mo‘ljallangan.