Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/09 00:00 Osasuna 4-2 Barselona
29/09 15:30 Torino 2-3 Lasio
29/09 17:00 Selta 1-1 Jirona
29/09 17:30 Braziliya 3-1 Marokash
29/09 18:00 Roma 2-1 Venetsiya
29/09 18:00 Komo 3-2 Verona
29/09 18:00 Ipsvich 2-2 Aston Villa
29/09 19:15 Atletik Bilbao 1-1 Sevilya
29/09 20:00 Ukraina 9-4 Venesuela
29/09 20:30 Man. Yunayted 0-3 Tottenhem
29/09 21:00 Empoli 0-0 Fiorentina
29/09 21:30 Betis 1-0 Espanyol
29/09 23:45 Napoli 2-0 Monsa
30/09 00:00 Atletiko 1-1 Real Madrid
30/09 17:30 Fransiya - Paragvay
30/09 20:00 Qozog‘iston - Argentina
30/09 21:00 As-Sadd - Istiqlol
30/09 21:00 Persepolis - Paxtakor
30/09 21:00 Al-Vasl - Al-Ahli (SA)
30/09 23:00 An-Nasr (SA) - Ar-Rayyan
30/09 23:45 Parma - Kalyari
01/10 00:00 Vilyarreal - Las-Palmas
01/10 00:00 Bornmut - Sautgempton

Xarri Keyn Angliyadagi eng yaxshi haq to‘lanadigan ikkinchi futbolchiga aylanadi. Buning uchun u "Tottenxem"da qolishi kerak

Xarri Keyn Angliyadagi eng yaxshi haq to‘lanadigan ikkinchi futbolchiga aylanadi. Buning uchun u "Tottenxem"da qolishi kerak

Baho:
+ | -

Xarri Keyn APLdagi eng yaxshi haq to‘lanadigan futbolchilardan biriga aylanadi. Bu narsa amalga oshishi uchun hujumchi "shporlar" taklif qiladigan shartnomaga rozi bo‘lishi kerak. U yangi tayinlangan murabbiy Angelos Postekoglu bilan ko‘rishib, kelajagini muhokama qilib oladi. Agarda Daniel Levi qaysarligini qo‘ymay, Keynni jamoada olib qoladigan bo‘lsa, bir yildan keyin uni yo‘qotishi mumkin. Ammo bu vaziyatda futbolchi yangi shartnomaga ko‘nmasligi kerak. Hozir aynan mana shu masala kun tartibida turibdi. "Tottenxem" rahbariyati qanday bo‘lmasin, Keynni yangi bitim tuzishga ko‘ndirmoqchi.

Angliya terma jamoasi sardori yangi klubga o‘tishga qattiq tirishgan. Ammo Daniel Levi bu harakatlarni pul bilan to‘xtatish mumkin deb hisoblaydi. U Xarri Keynga haftalik 400 ming funt maosh taklif etadi. Afsuski, bu harakatlar besamar ketishi aniq. Negaki, Keynning ketish haqida o‘ylay boshlashi ortida iqtisodiy motivlar mavjud emas. Hujumchi sovrinlar yutishni istaydi.
Avvalroq "Tottenxem" ustozi Angelos Postekoglu Keyn kelajagi borasida aniq ma’lumotga ega emasligini ta’kidlagan edi. Bu esa ketish niyati jiddiy ekanidan dalolat beradi.

"Bavariya" Keyn uchun asosiy da’vogar sanaladi. Ikki o‘rtada shaxsiy shartlar borasida muammo yo‘qligi aytiladi. Hattoki, myunxenliklar bosh murabbiyi Tomas Tuxel Londonda Keyn bilan uchrashgan ham edi. Bu narsa Daniel Levining g‘azabini qo‘zg‘agan. Shu sababli u "Bavariya"dan keladigan har qanday taklifni rad etishga harakat qilmoqda. Masalan, 60 million va 70 million funtga teng ikki taklif qabul qilinmadi. Bu bejiz emas, albatta.
Agarda "Tottenxem" o‘z maqsadiga erishib, Keynni olib qolsa, futbolchi eng ko‘p maosh oladigan APLdagi ikkinchi yulduzga aylanadi. Ayni damda maosh borasidagi yetakchilik Erling Xolandga tegishlidir. U haftasiga 865 ming funt oladi. Keyn ushbu yangi bitimi orqali Muhammad Saloh va Kevin De Bryuyneni ortda qoldirishi mumkin (385 ming funt).

 

 

 


ISMATOV J.

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 22:30, 11.07.2023.
O'qildi: 3948 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.