"Lids Yunayted" hujumchisi o‘z yurtiga qaytadi. Xabarlarga ko‘ra, A seriya klublari Vilfrid Nyonto transferiga qiziqish bildirgan. 19 yoshli vinger ayni damda "Milan", "Inter" va "Fiorentina" radarida turibdi.
"Lids" o‘z futbolchisini 20 million yevroga baholagan. Italiya terma jamoasi a’zosi o‘tgan mavsumda APLda 4 ta gol va shuncha assist qayd etgan edi.