Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Bavariya" Keynga taklif qilayotgan maosh miqdori ma’lum bo‘ldi

"Bavariya" Keynga taklif qilayotgan maosh miqdori ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

"Bavariya" avvalroq "Tottenxem" hujumchisi Xarri Keyn bilan shartnoma shartlari bo‘yicha kelishib olgandi. Angliyalik futbolchi yiliga 12 million yevro ishlab oladigan shartnoma imzolashga rozi bo‘ldi. Biroq "PSJ" angliyalik futbolchiga yanada kattaroq maosh taklif qilishga tayyor. Bu haqda jurnalist Fabris Xoukins xabar berdi.

Manba shuningdek, Keyn uchun yangi klub tanlashda pul eng muhim jihat emasligini ta’kidlaydi. "PSJ" allaqachon "Tottenxem" prezidenti Deniyel Levi bilan gaplashgan va futbolchi uchun 100 million yevrodan ko‘proq pul to‘lashga tayyorligini bildirgan.

Kiritildi: 18:26, 12.07.2023.
O'qildi: 2716 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.