Turinning "Yuventus" klubi yozda o‘z sardori Leonardo Bonuchchidan xalos bo‘lish niyatida.
La Gazzetta dello Sport xabariga ko‘ra, bunga asosiy sabab futbolchining maoshi bo‘lib turibdi. Eslatib o‘tamiz, Bonuchchi hozirda yiliga 6,5 million yevro maosh oladi. A seriya uchun bu ko‘rsatkichlar ancha ko‘p hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, Bonuchchi avvalroq 2017 yilning yozida "Yuventus"ni tark etgandi, biroq oradan bir yil o‘tib, u "Milan"dagi omadsiz davrdan so‘ng jamoaga qaytdi.