Kirish Ro'yxatdan o'tish

O‘z jamoalaridan ketishga majbur qilingan afsonalar

O‘z jamoalaridan ketishga majbur qilingan afsonalar

Baho:
+ | -

Ayrim paytlar futbol shavfqatsiz o‘yinga aylanadi. Negaki, ba’zida katta klublar muvaffaqiyatga erishish yo‘lida o‘z afsonalaridan kechib yuborgan. Bundan holat hozirgi kunda ham takrorlanib turibdi. Jamoa faxri va yuziga aylangan yoki aylanishi mumkin bo‘lgan futbolchilar katta taklif sababli yoki yangi murabbiy g‘oyalari oqibatida o‘z sevimli klubidan quvilgan. Quyida shunday nomlardan ayrimlarini bilib olasiz.

Anxel Di Mariya

2014 yilda Di Mariya "MYU"ga o‘tadi. Oradan bir qancha vaqt o‘tib, ayon bo‘ladiki, argentinalik futbolchi Angliyaga kelishni istamagan. Bu narsa hujumchining o‘yinlarida namoyon bo‘lgandi. O‘sha yili yozda Di Mariya "PSJ"ga ketishga harakat qiladi. Ammo parijliklar taklif bilan chiqmaydi. Katta summa bilan kelgan "MYU" esa futbolchini ilib ketadi. Bir mavsum "qizil iblislar" safida deyarli hech narsa qila olmagan Di Mariyani, 2015 yilda "PSJ" arzon narxga sotib oladi.

David De Xea

De Xeaning "MYU"dagi faoliyati 12 yillik xizmatlaridan keyin ayanchli yakunlandi. Erik ten Xag sababli u jamoada qolmaydigan bo‘ldi. Ispaniyalik futbolchi "MYU"da dunyoning eng yaxshi darvozabonlaridan biriga aylangan edi. Ammo so‘nggi yillardagi cho‘kish, De Xeani ketishga majbur qildi. Dastlab, "qizil iblislar" yangi shartnoma taklif etadigandek ko‘ringan edi. De Xea ham buni kutdi. Afsuski, bunday bo‘lmadi. Erkin agentga aylangan futbolchi ketishga majbur bo‘ldi.

Iker Kasilyas

"Real" 2015 yilda David De Xeani sotib olmoqchi bo‘ladi. Ammo bu amalga oshmaydi. Yangi kelgan Karlo Anchelotti esa amaldagi darvozabon Kasilyasga ishonch bildirmaydi. Ispaniya terma jamoasi afsonasi ancha oldin, Joze Mourinyo davrida zaxiraga o‘rnashgandi. Kasilyas "Portu" bilan shartnoma tuzadi. "Real"dan ketgach, futbolchining ota-onasi Florintino Peres Kasilyasni klubdan xaydaganini aytgandi. O‘shanda, hatto "Barselona" afsonasi bo‘lgan Xavi ham Kasilyasga qo‘ng‘iroq qilib, hamdardlik bildirgandi.

Mesut O‘zil

Mesut bir emas, naq ikki bor o‘z klubidan majburan ketkazilgan. Birinchisi "Arsenal"da yuz beradi. Futbolchi Xitoydagi uyg‘urlarga nisbatan qilinayotgan munosabatni tanqid ostiga olgandi. Bu esa rahbariyat va "katta"larga yoqmadi. Oqibatda Mikel Arteta O‘zilni maydonga tushirmay qo‘yadi. 2021 yilda u "Fenerbaxche"ga ketadi. Dastlab, hammasi yaxshi kechadi. Oradan bir yil o‘tib, rahbariyat bilan orada janjal chiqadi va O‘zil o‘zi tarbiyalangan klub eshigidan quviladi.

Luis Suares

"Barselona" 2014 yilning yozida fantastik xaridni amalga oshiradi. Luis Suares "Liverpul"dan sotib olinadi. Shundan so‘ng, hujumchi Messi va Neymar bilan dahshatli darajaga chiqqandi. Afsuski, ketish kutilmaganda ro‘y berdi. 2020 yilda "Barselona" "Bavariya" qo‘lida "xo‘rlanadi". 8-2 hisobidan so‘ng, prezident Josep Bartomeu Suaresni sotuvga qo‘yadi. U ketish oldidan majburan shunday qilayotganini bildirgandi. Suares 2021 yilda "Ateltiko" bilan Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritgandi.

Yaya Ture

Hammasi oddiy narsadan boshlangan edi. 2014 yilda "Manchester Siti" futbolchilari o‘zlarining yetakchilari bo‘lgan Yaya Tureni tug‘ilgan kuni bilan tabriklamaydi. Bu esa futbolchini xafa qiladi. Aslida ko‘p narsa Gvardiolaga bog‘liq edi. Ture 2010 yilda "Barsa"da, aynan u tomonidan sotib yuboriladi. Ispaniyalik mutaxassis "shaharliklar" safiga kelib, ikki yil ichida yana Tureni jamoadan chiqarib tashlaydi. Bu esa ivuarlik yarim himoyachini ranjitgandi.

 

 

 


ISMATOV J.

Manba: planetfootball.com
Kiritildi: 13:58, 13.07.2023.
O'qildi: 8341 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.