Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona 3-0 Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter 1-1 Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend 0-1 Brayton
14/03 20:00 Byornli 0-0 Bornmut
14/03 20:15 Atletiko 1-0 Xetafe
14/03 22:00 Napoli 2-1 Lechche
14/03 22:30 Chelsi 0-1 Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal 2-0 Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo 1-0 Valensiya
15/03 00:45 Udineze 0-1 Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem 1-1 Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid 4-1 Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta
16/03 00:45 Lasio - Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad - Osasuna

“Barselona” super transferni amalga oshirdi. Rokeni "yangi Ronaldo" deb atashmoqda

“Barselona” super transferni amalga oshirdi. Rokeni "yangi Ronaldo" deb atashmoqda

Baho:
+ | -

Braziliya doimo jahon futbolidagi iqtidorlarning asosiy manbalaridan biri bo‘lib kelgan. Endi bu tendensiya tobora kuchayib bormoqda: yosh futbolchilar ko‘payib bormoqda va ularning narxi tez sur’atlar bilan o‘sib bormoqda. Neymar, Vinisius, Rodrigo – so‘nggi o‘n yil ichida Yevropa klublari istiqbolli braziliyaliklarga katta mablag‘ sarflashdi.

Tez orada Yevropada yana bitta super iqtidor paydo bo‘ladi. "Barselona" "Atletiko Paranayense"dan hujumchi Vitor Rokeni ajoyib shartlar evaziga sotib oldi. Braziliya klubi zudlik bilan 30 million yevro oladi, yana 31 million yevro bonus sifatida beriladi. 18 yoshli futbolchi keyingi mavsumni ijara asosida Braziliyada o‘tkazadi va bir yildan keyin "Barsa"ga o‘tadi.

Rokening "Barsa" bilan shartnomasi ham ajoyib. U sakkiz yilga mo‘ljallangan va 500 million yevro miqdoridagi tovon pulini o‘z ichiga oladi. Roke o‘zi qanday futbolchi? Keling tanishamiz.

Vitor Braziliya janubi-sharqidagi Timoteu munisipalitetida tug‘ilgan. Ko‘pincha bo‘lgani kabi, yigitni futbolda yarimhimoyachi sifatida havaskor darajada o‘ynagan otasi tarbiyalagan. Rokening salohiyati tezda namoyon bo‘ldi va juda yoshligida u mamlakatdagi eng yaxshi akademiyalardan biri hisoblangan Kruzeyro akademiyasiga qo‘shildi. Va 10 yoshida u “Atletiko Mineyro” tizimiga o‘tdi.

Futbol yo‘lining dastlabki bosqichi janjalsiz o‘tmadi. 14 yoshida Vitor “Atletiko Mineyro” akademiyasini tark etishga qaror qildi va 2019 yil mart oyida yoshlar shartnomasini imzolab, “Kruzeyro”ga qaytdi. Bu "Atletiko" rahbariyatiga yoqmadi boshliqlar futbolchiga bo‘lgan iqtisodiy huquqlarning bir qismi ularga tegishli deb hisoblashdi. Ish sudgacha borgan va natijada sobiq klub Vitor qiymatining 35 foizini olgan.

“Kruzeyro”da Roke yoshlar darajasida rivojlanishda davom etdi va ikki yil o‘tgach, 2021 yil may oyida u o‘zining birinchi professional shartnomasini imzoladi. Uning debyut goli uchun to‘qqiz oy kerak bo‘ldi, ammo keyin jarayon yanada faollashdi. 2022 yilning apreliga kelib, Vitor ajoyib statistikaga erishdi: asosiy jamoa uchun 16 o‘yinda oltita gol.

Va keyin birinchi to‘liq transfer sodir bo‘ldi. 2022 yilning bahorida “Atletiko Paranayense” o‘z rekordini yangiladi va Roke uchun 4,4 million yevro ajratdi. Vitor darhol asosiy tarkibga kiritildi va futbolchi natija bera boshladi. Birinchi mavsumda yosh hujumchi klub safida 36 ta o‘yinda “gol+pas” tizimi bo‘yicha 7+3 natija qayd etdi va shu bilan birga yoshlar jamoasida ham o‘zini namoyon qildi. Roke bu yil Braziliya U-20 Janubiy Amerika chempionatida g‘alaba qozonishga yordam berdi va sakkizta uchrashuvda oltita gol urdi. Futbolchi hatto afsonaviy Ronaldoning maqtoviga sazovor bo‘ldi, u Vitor futbolda aql bovar qilmaydigan cho‘qqilarni zabt etishini aytdi. Shuningdek, u asosiy jamoaga debyut chaqiruvini oldi va Marokash bilan o‘yinda 26 daqiqa maydonga tushdi va braziliyaliklar 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

O‘z uyida Vitor uzoq vaqtdan beri "yangi Ronaldo" deb ataladi. Va bu nafaqat ular bir xil pozisiyada o‘ynagani bilan bog‘liq va balki ikkalasi ham “Kruzeyro”da professional faoliyaitni boshlangan. Roke fintlar qo‘llashdan tortinmaydi, aniq zarbaga ega, penalti tepadi va bo‘yi 172 sm bo‘lishiga qaramay, bosh bilan qanday harakat qilishni biladi. Sifatlar to‘plamiga ko‘ra, "Barsa" hujumchini zaif tomonlarisiz qo‘lga kiritganini his qilish mumkin. Albatta, Vitorda hali o‘sish uchun imkoniyat ko‘p u atigi 18 yoshda.

Joriy mavsumda Roke klub miqyosidagi barcha musobaqalarda 30 ta o‘yinda 15 ta gol urdi. Vitorning gol urishning eng sevimli usuli bu to‘pni jarima maydonchasi oldidan olib, uni himoyachilarning ichidan olib o‘yib darvozaga kiritish, qaysidir jinatdan Messiga ham o‘xshashliklar mavjud.

Kiritildi: 14:36, 13.07.2023.
O'qildi: 12867 marta.
Fikrlar: 14 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.