Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/05 21:00 Bolonya 3-3 Inter
23/05 23:45 Lasio 2-1 Piza
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

Ronaldu Ahmad Musa sabab qiyin ahvolda qoldi

Ronaldu Ahmad Musa sabab qiyin ahvolda qoldi

Baho:
+1 | -

Krishtianu Ronaldu jamoasi katta muammoga duch keldi. Goal xabariga ko‘ra, "An-Nasr"ga yangi futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazishga to‘sqinlik qiladigan transfer taqiqi qo‘yilgan. Sababi Ahmad Musa bilan bog‘liq muammolardir.

2018 yildan 2020 yilgacha nigeriyalik hujumchi Ahmad Musa “An-Nasr” safida to‘p tepgan. Uni muxlislar SSKAdagi o‘yinlaridan yaxshi bilishadi. “An-Nasr” Musaga klubdagi o‘yinlari uchun bonuslarni to‘lamagan. Hujumchi 460 ming yevro olishi kerak bo‘lgan bandni faollashtirishga erishdi.

FIFAning rasmiy qarorida aytilishicha, “An-Nasr” bu summani + Ahmadning o‘yinlari uchun foizlarni to‘lamagan. Musa klub safida 60ta o‘yinda maydonga tushib, 11ta gol urgan va 14ta golga assistentlik qilgan. 2018/2019 yilgi mavsumda esa u “An-Nasr”ga Saudiya Arabistoni chempioni bo‘lishiga yordam berdi. Ammo klub boshliqlari shartnoma majburiyatlarini bajarmay, nigeriyalikning hissasini unchalik qadrlashmadi.

FIFA qarorini dastlab 2021 yil oktabr oyida e’lon qilgan. Unda tashkilot Musaning tarafini oldi va “An-Nasr”ni ogohlantirdi: agar futbolchiga to‘lanadigan summa to‘lanmasa, klubga transfer taqiqi qo‘yiladi. Rahbariyat qarorga e’tibor bermadi. Yangi kelganlarni ro‘yxatga olishni taqiqlash ham ichki, ham xalqaro pul o‘tkazmalariga tegishli. Ya’ni, "An-Nasr" yozda "Inter"dan sotib olingan Marselo Brozovichni ro‘yxatdan o‘tkaza olmaydi.

FIFAning 2021 yil oktabr oyidagi dastlabki qarorida potensial taqiq uchta transfer oynasi uchun amal qilishi ta’kidlangan. “An-Nasr” vakillari, shuningdek, agar saudiyaliklar hali ham taqiq tugaguniga qadar pulni to‘lamasa, masala FIFA intizom qo‘mitasiga yetkazilishi haqida ogohlantirilgan. Eslatib o‘tamiz, muammo “An-Nasr” Saudiya Arabistoni davlat investisiya jamg‘armasi nazoratiga o‘tishidan oldin paydo bo‘lgan. Mirror nashrining yozishicha, yangi boshliqlar taqiqni tezda olib tashlash uchun Musaga pul to‘lashga tayyor. Ehtimol, FIFA "An-Nasr"ga yon bosib taqiqni bekor qilar.

Yulduzlar Saudiya ligasiga ommaviy ravishda kelishmoqda Krishtianu Ronaldu, David Ospina va Anderson Taliskadan boshqa kuchli futbolchi bilan shartnoma omzolash klubga juda muhim. Hech bo‘lmaganda, xorvatiyalik yulduz yarimhimoyachi Brozovichni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun muammoni hal qilish kerak.

Kiritildi: 15:03, 13.07.2023.
O'qildi: 9812 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик