Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/03 01:00 Bavariya 4-1 Atalanta
19/03 01:00 Liverpul 4-0 Galatasaroy
19/03 01:00 Tottenhem 3-2 Atletiko
19/03 16:00 Andijon 2-0 Mash’al
19/03 18:15 Buxoro 3-1 Dinamo
20/03 16:00 Neftchi 3-1 Lokomotiv
20/03 17:00 Nasaf 0-1 Surxon
20/03 18:15 So‘g‘diyona 2-4 Paxtakor
20/03 22:30 Kalyari - Napoli
21/03 00:45 Jenoa - Udineze
21/03 01:00 Bornmut - Man. Yunayted
21/03 01:00 Vilyarreal - Real Sosyedad
21/03 17:30 Brayton - Liverpul
21/03 18:00 Elche - Malyorka
21/03 19:00 Parma - Cremonese
21/03 20:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
21/03 20:00 Fulhem - Byornli
21/03 20:15 Espanyol - Xetafe
21/03 22:00 Milan - Torino
21/03 22:30 Everton - Chelsi
21/03 22:30 Levante - Real Ovyedo
21/03 22:30 Osasuna - Jirona

“Manchester Siti” yetakchi, “Barselona” — 2, “Real” 4-o‘rinda. FIFA JCH-2022da futbolchilar ishtiroki uchun klublarga qancha to‘lagani ma’lum bo‘ldi

“Manchester Siti” yetakchi, “Barselona” — 2, “Real” 4-o‘rinda. FIFA JCH-2022da futbolchilar ishtiroki uchun klublarga qancha to‘lagani ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

FIFA futbol bo‘yicha 2022 yilgi Jahon Chempionatida o‘yinchilar ishtiroki uchun klublarga qancha mablag‘ to‘langani borasidagi hisobotni e’lon qildi.

Unga ko‘ra, JCH—2022 yakunlari bo‘yicha “Manchester Siti” klubi eng ko‘p pul ishlab olgan. Qatar mundialidagi ishtirok evaziga “shaharliklar” futbolchilari klubga 4,6 million dollar daromad keltirgan. Solishtirish uchun, bu Afrika mintaqasidagi barcha klublarning umumiy daromadidan (4,57 mln dollar) ko‘p.

Ikkinchi o‘rindan “Barselona” joy olgan (4,5 mln dollar), “Bavariya” futbolchilari klubga 4,3 million dollar keltirgan. Shuningdek, “Real” (3,83 mln dollar) va “PSJ” (3,8 mln dollar) bu borada kuchli beshlikdan joy olgan.

JCH—2022 da eng ko‘p pul ishlab olgan APL klublari

1. “Manchester Siti” – 4,59 mln dollar;
2. “Manchester Yunayted” – 3,32 mln;
3. “Chelsi” – 3,25 mln;
4. “Tottenhem” – 2,83 mln;
5. “Liverpul” – 2,4 mln;
6. “Arsenal” – 2 mln.

La Liga

1. “Barselona” – 4,53 mln dollar;
2. “Real” – 3,83 mln;
3. “Atletiko” – 3,23 mln;
4. “Sevilya” – 2,68 mln.

Bundesliga

1. “Bavariya” – 4,3 mln dollar;
2. “Borussiya D” – 2,47 mln;
3. “Leypsig” – 2,19 mln.

A Seriya

1. “Yuventus” – 3,04 mln dollar;
2. “Inter” – 2,29 mln;
3. “Milan” – 1,59 mln.

Liga 1

1. “PSJ” – 3,8 mln dollar;
2. “Marsel” – 2,1 mln;
3. “Monako” – 1,77 mln.

FIFA umumiy miqdorda 209 million dollar to‘lovni amalga oshirgan.

Futbolchi musobaqada o‘tkazgan har bir kun uchun FIFA 10 950 dollar ajratgan. Qayd etish kerak, bu pullar faqat futbolchi ro‘yxatdan o‘tgan klubga emas, u harakat qilgan so‘nggi ikki yildagi jamoalarga ham beriladi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 21:30, 13.07.2023.
O'qildi: 7478 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.