Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton 0-3 Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli 1-1 Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas 1-2 Arsenal
24/05 20:00 Fulhem 2-0 Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul 1-1 Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti 1-2 Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest 1-1 Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend 2-1 Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem 1-0 Everton
24/05 20:00 Vest Xem 3-0 Lids
24/05 21:00 Napoli 1-0 Udineze
24/05 23:45 Verona 0-2 Roma
24/05 23:45 Cremonese 1-4 Komo
24/05 23:45 Lechche 1-0 Jenoa
24/05 23:45 Milan 1-2 Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

Kechaning eng yaxshi transfer yangiliklari

Kechaning eng yaxshi transfer yangiliklari

Baho:
+ | -

Klublar transfer bozoridagi faollikni davom ettirmoqda. Yevropada top chempionatlar boshlanishiga tobora kam vaqt qolmoqda. Ammo jamoalar tarkibni mavsumoldi tayyorgarlikdan oldin optimal ko‘rinishga keltirishga urunmoqda.

"Milan" AQSH terma jamoasining asosiy yulduzi transferini e’lon qildi

“Milan” “Chelsi” vingeri Kristian Pulishich bilan shartnoma imzolaganini rasman tasdiqladi. Transfer summasi 20 million yevro. Pulishich 2027 yilning yoziga qadar shartnoma imzoladi va u yana bir mavsumga uzaytirilishi mumkin. Kristian Milanda 11-raqamni egalladi. Amerikalik vinger 2019 yildan buyon "Chelsi"da to‘p tepmoqda edi, avvalroq Dortmundning "Borussiya"sida ham o‘ynagan.

“Manchester Siti” yana bir yulduzini yo‘qotadimi?

Athletic xabariga ko‘ra, Saudiyaning “Al-Ahli”si "Siti" vingeri Riyod Mahrezga qiziqish bildirmoqda. Manbaga ko‘ra, ular 32 yoshli futbolchi uchun taxminan 35 million yevro taklif qilishga tayyor. Mahrezning "Al Ahli"dagi maoshi yiliga deyarli 30 million yevroni tashkil qiladi. Saudiya klubi jamoaning asosiy yulduzi bo‘lishiga ishongan Riyodni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Mahrezning "Siti" bilan shartnomasi yana ikki yilga mo‘ljallangan, britaniyaliklar futbolchi bilan xayrlashmoqchi emas.

Andre Onananing bir oyog‘i bilаn “Yunayted"da

Insayder Fabrisio Romanoning so‘zlariga ko‘ra, Andre Onananing transferi bo‘yicha inglizlar va “Inter” o‘rtasidagi muzokaralar yakuniga yetdi. Transfer summasi 50 million yevro + bonuslar sifatida 5 million yevro bo‘ladi. Klublar bonus tuzilmasi bo‘yicha kelishib olinsa, kelishuv yopiladi. Transferning rasman tasdiqlanishi vaqt masalasi.

"Barselona" yana bir "Siti" futbolchisini oladimi?

“Ko‘k-anorranglilar” Ilkay Gyundoganni 2023 yilning yozida erkin agent sifatida o‘z safiga qo‘shib oldi. Yarimhimoyachi avvalroq “Manchester Siti”da o‘ynagan. Endi “Barsa” "shaharliklar"dan yana bitta o‘yinchiga qiziqyapti. Mundo Deportivo xabariga ko‘ra, klub Bernardu Silvaga qiziqish bildirmoqda. Kataloniyaliklar portugaliyalikni 2024 yilda sotib olish opsiyasi bilan ijaraga olmoqchi. "Shaharliklar" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola agar futbolchi ketishni istasa, Silvani shu yozda qo‘yib yuborishga va’da bergan. "Barsa" bundan foydalanmoqchi, chunki Bernardu ularga qo‘shilishni xohlaydi.

"Inter" Lukakuni qo‘lga kiritishga harakat qilmoqda

"Chelsi" "Inter"ning Romelu Lukaku bo‘yicha taklifidan norozi, deydi Fabrisio Romano. Italiyaliklar hujumchi uchun atigi 30 million yevro berishmoqda. "Inter" va "Chelsi" o‘rtasidagi muzokaralar davom etmoqda. Insayderning so‘zlariga ko‘ra, poygaga nomi oshkor etilmagan yana ikki klub kirishi mumkin. Lukaku "Inter"da doimiy qoladimi yoki yangi mavsumda Romeluni boshqa jamoa libosida ko‘ramizmi?

Saudiya klublari “Liverpul”ning ikki yetakchisi harakat qilmoqda

Kunning eng muhim yangiliklaridan biri - Jordan Xenderson va Fabinyoning "Liverpul"ni tark etishi. "Qizillar" sardori Fabrisio Romanoning so‘zlariga ko‘ra, "Al-Ittifoq" taklifini qabul qilgan, endi klublar o‘zaro kelishib olishlari kerak. Athletic xabariga ko‘ra, "Al-ttihod" Fabinyo uchun 45 million yevro taklif qilmoqchi. U bilan shartnoma oldidan ham muzokaralar olib borilgan. Saudiyaning har ikki klubi endi “Liverpul”ga rasmiy taklif bilan chiqishi kerak.

"Manchester Yunayted" A Seriyadan yangi Xolandni ta’qib qilmoqda

"Manchester Yunayted" "Atalanta" hujumchisi Rasmus Xoylund bilan shartnoma imzolash ustida ishlamoqda, deb xabar beradi The Athletic Ingliz klubi rahbariyati shartnomaga puldan tashqari o‘yinchilar Fred va Donni van de Beklarni almashishni ham kiritmoqchi. Biroq “Atalanta” bu futbolchilarga qiziqish bildirmayapti. Bergamo klubi xo‘jayinlari Xoylund uchun taxminan 100 mln yevro talab qilmoqda va transferga qo‘shimcha o‘yinchilarni qo‘shishni istamayapti.

Kiritildi: 12:50, 14.07.2023.
O'qildi: 7462 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик