Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/08 19:00 OKMK 0-1 Dinamo
19/08 20:00 Mash’al 0-1 Andijon
20/08 19:00 Bunyodkor - Qo‘qon-1912
20/08 20:00 Xorazm - Lokomotiv
21/08 19:00 Navbahor - Nasaf
21/08 20:00 Paxtakor - Surxon

"Paxtakor" polshalik futbolchi bilan shartnoma imzoladi

"Paxtakor" polshalik futbolchi bilan shartnoma imzoladi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Polshalik yarim himoyachi Mixal Kuxarchik "sherlar" bilan bir yarim yillik shartnoma imzoladi.

32 yoshli futbolchi faoliyatining asosiy qismini Polsha klublarida o‘tkazgan. 9 mavsum "Legiya", so‘nggi 3 mavsumda "Pogon" jamoalari sharafini himoya qilgan.

Bir yil esa Rossiyaning "Ural" klubida o‘ynagan. Polsha chempionatida 5 karra chempionga aylanib, 6 martadan Polsha Kubogi va Superkubogini qo‘lga kiritgan.

Yuqori ligalarda 328 uchrashuvda 59 gol muallifi bo‘lgan. Kubok bahslarida 51 o‘yinda 9, Yevrokuboklarda 70 bellashuvda 14 to‘p kiritgan.

Polsha milliy terma jamoasida 8 uchrashuvda 1 to‘p kiritgan. Kuxarchik 2024 yil oxiriga qadar "Paxtakor" safida o‘ynaydi.

Kiritildi: 15:30, 14.07.2023.
O'qildi: 1698 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик