Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/09 00:00 Atletiko 1-1 Real Madrid
30/09 17:30 Fransiya 2-1 Paragvay
30/09 20:00 Qozog‘iston 1-6 Argentina
30/09 21:00 As-Sadd 2-0 Istiqlol
30/09 21:00 Persepolis 1-1 Paxtakor
30/09 21:00 Al-Vasl 0-2 Al-Ahli (SA)
30/09 23:00 An-Nasr (SA) - Ar-Rayyan
30/09 23:45 Parma 2-3 Kalyari
01/10 00:00 Vilyarreal 3-1 Las-Palmas
01/10 00:00 Bornmut 3-1 Sautgempton

"Liverpul"ning afsonaviy to‘qqizinchi raqam egalari

"Liverpul"ning afsonaviy to‘qqizinchi raqam egalari

Baho:
+ | -

"Liverpul"ning to‘qqizinchi raqami yillar davomida eng yaxshi to‘purarlar tomonidan foydalanib kelinmoqda. Bu raqamning o‘ziga yarasha tarixi bor. Bu tarixning yaxshi, o‘rni kelganda omadsiz tomonlarini bugun yodga olamiz. Darvin Nunyes yangi mavsumdan bu raqamga ega chiqadigan bo‘ldi. Shu xabar fonida 9-raqam tarixiga nazar tashlaymiz.

Endi Kerroll

2011 yilda Britaniya tarixidagi rekord summa evaziga Endi Kerroll "Nyukasl"dan sotib olinadi. Mersisaydliklar hujumchidan ko‘p narsa kutgan edi. Xarholda, 11 ta goldan ko‘prog‘ini...
To‘qqizinchi raqamda harakat qilgan hujumchi ishonchlarni to‘liq oqlay olmadi. U 58 tagina o‘yinda maydonga tushirilgan edi. Kerroll "Liverpul" bilan liga kubogida g‘alaba qozonadi. Angliya kubogi yarim finalida so‘nggi soniyalarda gol urib, "Everton"ni mag‘lub etadi. Finalda ham "Chelsi"ga qarshi mag‘lubiyatli bahsda tabloda uning nomi porlaydi. Afsuski, bularning bari 35 millionlik futbolchi uchun kam edi.

Jibril Sisse

Agarda o‘sha dahshatli oyoq sinishi bo‘lmaganida edi, Sissening "Liverpul"dagi faoliyati, balki yaxshiroq kechgan bo‘lardi. Fransiyalik hujumchi shundan keyin ham taslim bo‘lmadi. U hozir mersisaydliklar muxlislari tomonidan YECHL finalida "Milan" ustidan qozonilgan g‘alabadagi penaltisi bilan eslanadi. Shuningdek, 2006 yilgi kubok finalida ham Sisse "Vest Xem"ni mag‘lub etgan golga mualliflik qilgan.

Nikolya Anelka

Anelka "Liverpul" bilan faqat yarim mavsumni birga o‘tkazgan. U "PSJ"dan ijaraga olinadi. Angliyada fransuz hujumchisiga to‘qqizinchi raqam taqdim etiladi. U faqatgina 5 ta golga mualliflik qilgan. Keyingi mavsumda "Liverpul" chempionlik poygasiga kiradi. Afsuski, Anelka bu paytda ketib bo‘lgandi.

Ian Rash

Ian Rash APL tashkil topishidan ancha ilgari "Liverpul" bilan birga edi. Garchand uning katta ishi, 1992 yildan oldin qilingan bo‘lsa ham, APL davrida Rash 45 ta gol urishga erishadi.

Roberto Firmino

Ko‘pchilik "Liverpul" hujumchilari tarixini har-xil baholaydi. Kimdir uchun birinchi o‘rinda Firmino bo‘lishi kerak, kimdir uchundir boshqasi. Biz esa uni 3 o‘ringa qo‘ydik. Braziliyalik hujumchi Saloh va Mane bilan qo‘rqinchli trioga aylangan edi. U 2017-18 yilgi mavsumni 27 ta gol va 17 ta assist bilan tugatadi. Firmino "Liverpul" bilan mumkin bo‘lgan barcha sovrinlarni qo‘lga kiritgan.

Fernando Torres

Torres, shubhasiz APL tarixidagi eng yaxshi hujumchilardan biridir. U to‘qqizinchi raqamga mos futbolchi edi. Ammo ispaniyalik hujumchi mersisayd klubi bilan birorta sovrin yuta olmagan. Qolaversa, u nisbatan qisqa vaqt "Liverpul"da harakat qiladi. Ammo uning "Chelsi"ga transferi klubga katta foyda keltiradi (50 million funt).

Robbi Fauler

Xudo! "Liverpul" muxlislari Faulerni aynan shunday deb chaqirishardi. Hujumchi to‘rt mavsum davomida 188 ta o‘yinda maydonga tushib, 116 ta golga mualliflik qiladi. Ingliz hujumchisini ko‘rmagan avlodga, uning o‘yinlarini YouTuBe dan tomosha qilishini tavsiya qilgan bo‘lardik.

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: planetfootball.com
Kiritildi: 19:21, 14.07.2023.
O'qildi: 2254 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.